2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Odamiylikning eng oliy mezoni

Toshkent viloyati Pskent tumanida “Insonlarning dardu-tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir” mavzusida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi, viloyat hokimligi hamkorligida tumanning olis "Mitan" fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan xayriya tadbirida Bekobod, Mo‘minobod, Mayliobod, Birlik, Mingtepa, Yangiobod, Lolaariq, Oybek va Navoiy mahallalari fuqarolari ishtirok etdi.

Tadbirda 12 mutaxassislikdagi malakali shifokorlar tomonidan keksalar, kam ta’minlangan oila vakillari, boquvchisini yo‘qotgan va o‘zgalar ko‘magiga muhtoj fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Harakatlanish imkoniyati cheklangan 14 nafar fuqaroga o‘z uyida yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, doimiy shifokor nazoratiga muhtoj fuqarolar ro‘yxati shakllantirilib, sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga tavsiya etildi.

Dispanser nazoratidagi va tibbiy ko‘rikka jalb etilgan fuqarolarga “Dori-darmon” aktsionerlik kompaniyasi va “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan 23 turdagi dori-darmon va gigienik vositalar bepul taqdim etildi.

Ehtiyojmand fuqarolardan 3 nafariga nogironlik aravachasi, 6 nafariga boshqa turdagi reabilitatsiya tibbiy vositalari tuhfa etildi.

Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, respublika mahallalar kengashi raisi o‘rinbosari B.Parpiev, Pskent tumani hokimi Sh.Ahmedov tomonidan 14 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Qabulda 19 masala joyida bartaraf etilib, 2 nafarining muammosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 10 tashkilot qatnashib, unda murojaat qilgan 220 nafar fuqarodan 25 nafariga tanlagan joyi bo‘yicha ishga joylashishga yo‘llanmaberildi.

Pskent tumanidagi 30-sonli musiqa va san’at maktabida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda mas’ul kotiblari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.

4-umumta’lim maktabida esa nafaqadagi keksa ustozlar tomonidan “Keksalar ma’rifati” soati o‘tkazildi. Maktab jamoasiga homiylar tomonidan bir necha nomdagi kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

19.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar