
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!" mavzuida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotining Sergeli tumani kengashi, Yoshlar ittifoqi, Yashnobod, Sergeli tumanlari xalq ta’limi bo‘limi vakillari, mahalla faollari, professor-o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar, kursantlar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar vatanparvarlik, harbiy xizmat mohiyati haqida gapirib berdi.
Sport o‘yinlari va akademiya hayoti to‘g‘risida videolavha namoyish etildi. Kursantlarning maxsus yo‘lakchada snaryadlardan o‘tishi, qo‘l jangi bo‘yicha namunaviy chiqishlari, jabrlanganlarni qutqarish mashqlari, yong‘in-qutqaruv avtomobillaridan foydalanishlari katta qiziqish uyg‘otdi.
– Bugungi kunda mamlakatimizda harbiylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishi va intilishi yanada ortib bormoqda, – dedi Sergeli tumanidagi 322-umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan Temurbeklar harbiy sport sinfi o‘qituvchisi Shuhrat Xolmirzaev. – Buning ortidan yosh avlodda qat’iy hayotiy pozitsiya, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, bu borada o‘rta maktabdan oliy o‘quv yurtigacha bo‘lgan davrdagi uzluksiz harbiy ta’lim va vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha yaxlit tizim yaratilmoqda.
Ochiq eshiklar kuni yoshlarda katta taassurot qoldirdi va ularda harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |