2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Kelajakni yoshlar bilan birga quramiz...

Prezidentimiz 2019-yil 27-dekabr kuni Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashdi. Unda yoshlar siyosati bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.

Yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinib, bugungi kunda ularni qiynayotgan eng muhim masalalar yuzasidan mutasaddilar oldiga qator vazifalar qo‘yildi.

Prezidentimiz “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi” deya alohida ta’kidladi.

Shu maqsadda Qashqadaryoda viloyatdagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida viloyatning ishlab chiqarish korxonalari, xorijiy firmalar, ta’lim muassasalari va tibbiyot maskanlariga sayohat hamda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Uchrashuv boshlanishi oldidan taklif etilgan 450 nafar yosh 11 ta kichik guruhga bo‘linib, viloyatdagi markaziy va tijorat banklari, “Muborak GQIZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati, issiqxonalar, mevani qayta ishlash tsexlari, “GTL” qo‘shma korxonasi, “Sho‘rtangazkimyo“ majmuasi, Talimarjon IES, Qarshi tumanidagi “LTI textile” qo‘shma korxonasi, “Sultonteks” korxonasi, Kardiologiya markazi, Qarshi davlat universiteti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lib, xodimlar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari, o‘quv jarayoni bilan tanishdi.

– Moliya ta’lim yo‘nalishida 3-bosqichda o‘qiyman, – deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Mohinur Ravshanova. – Bugun tadbir doirasida tijorat banklariga qilgan sayohatimiz o‘z soham bo‘yicha ko‘plab bilimlarni o‘zlashtirishimga xizmat qildi. Boisi banklardagi har bir bo‘lim xodimlari bilan muloqot qildim, o‘zimni qiziqtirgan savollarga javob oldim. Bu kabi uchrashuvlar ko‘proq tashkil etilsa, bitiruvchi talabalar uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lar ekan.

Sayohat davomida faol va o‘z sohasini mukammal biladigan talaba-yoshlarga tashkilot rahbarlarining sertifikatlari topshirildi. Ushbu sertifikat orqali talaba-yoshlar o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng ishonch bildirilgan korxonalarda o‘z faoliyatini boshlaydi.

Tijorat banklarida tashkil etilgan uchrashuvda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Shavkat Aminov “Hamkorbank” Qashqadaryo mintaqaviy filiali rahbarining maxsus sertifikatini qo‘lga kiritdi.

– Bank tomonidan o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, ushbu sertifikatni qo‘lga kiritdim, – deydi Sh.Aminov. – O‘tgan yili Evropa Ittifoqining “Erasmus plyus“ dasturida ishtirok etib, Bolgariya davlatida o‘z soham bo‘yicha 6 oy davomida o‘qib keldim. Tanlovda g‘olib chiqishimga chet elda o‘zlashtirgan bilimlarim ham asqatdi. Bu sertifikat o‘qishni tamomlaganimdan so‘ng mazkur bankda ish boshlashimga imkon yaratadi. Bundan juda mamnunman.

Sayohatdan so‘ng Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzaevning yoshlar bilan videoselektor tarzidagi uchrashuvi o‘tkazildi.

Muloqotni Toshkent shahri va Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan qashqadaryolik talabalar ham bevosita kuzatib bordi.

Muloqotda viloyatdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Bugungi uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad ham sizlarni viloyatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga jalb etish, – dedi viloyat hokimi Z.Mirzaev. – Bilimli, ijtimoiy-siyosiy faol, xalq manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan, halol va jonkuyar, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yoshlarni mas’uliyatli vazifalarga tayinlash, viloyatimizdagi vakant o‘rinlarga ishga taklif qilish. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘maklashish, sizlarning qiziqish va talablaringizdan kelib chiqib mavjud muammolarni birgalikda hal etishdan iboratdir.

15.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar