Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag‘riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga yetdi.
Buxoro viloyati Romitan tumanida 78 nafar xotin-qizlarga ko‘maklashildi. 62 nafariga tikuv mashinkasi, 16 nafariga esa mikroto‘lqinli pech berildi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Prezident Xalq qabulxonalari Zomin tumanidagi Peshag‘or qishlog‘ida navbatdagi ochiq-jonli muloqotni tashkil qildi. Unda asosan elektr energiyasi, gaz, yo‘l, ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya bilan bog‘liq masalalarda murojaatlar hal etildi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Yangi Andijon shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Xalq orasiga kirib borish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, dardu tashvishlarini tinglash, og‘irini yengil, mushkulini oson qilish – fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida Xalq qabulxonalari Angren shahrida tashkil qilgan navbatdagi ommaviy qabul ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlarini qish mavsumiga tayyorlash, issiqlik, suv, tabiiy gaz, elektr energiyasiga oid masalalarni hal qilishga qaratildi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Sirdaryo tumanida portlash sodir bo‘lgan harbiy qism yaqinida joylashgan "Ilg‘or" mahallasida bo‘lib, mahallaning "Oqila ayollar" harakati a’zolari bilan uchrashdi.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Qo‘shqo‘noq mahallasidagi ta’mirtalab yo‘llar “Tashabbusli byudjet” platformasida ovoz to‘plash orqali ta’mirlanib, mahalla ahlining ko‘p yillik orzusi ushaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Chinoz tumanidagi “Eshonobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш (таснифланадиган компенсациялар мустасно) | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |