
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani Yangi hayot mahallasi kun sayin chiroy ochib bormoqda. Mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, xonadonlar va ko‘chalarning holati, kommunal sohadagi dolzarb masalalar hamda hududda joylashgan ijtimoiy ob’ektlardagi muammolar o‘z yechimini topmoqda.
Viloyat rahbarlari Respublika ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda Yangi hayot mahallasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mavjud 634 ta xonadonning barchasi ichimlik suvi bilan ta’minlangani, Aqchob qishlog‘idagi 124 ta xonadonga esa 3,7 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, 6 km yo‘lni asfaltlashtirish, 2 km piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Ishchi guruhi tomonidan mahallada mavjud 14 ta transformatorning 5 tasini ta’mirlash, 56 ta simyog‘ochni temir-beton ustunlarga almashtirish, 1,8 km elektr tarmog‘ini tortish, 50 dona yoritish chiroqlarini o‘rnatish ehtiyoji borligi aniqlandi. Mahallaning barcha xonadonlari suyultirilgan gaz ballonlari bilan o‘z vaqtida ta’minlanadi. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga aholiga gaz ballonlari va isitish tizimidan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini tushuntirish vazifasi yuklatildi.
Shu bilan birga 78 nafar ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mahallada “Mehnat yarmarkalari”ni tashkil etish masalalari bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida tegishli reja ishlab chiqilmoqda. “Temir daftar”da qayd etilgan 1 ta oila, “Ayollar daftari”dagi 147 nafar xotin-qiz, “Yoshlar daftari”dagi 36 nafar yoshni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Respublika ishchi guruhi hamda viloyat va tuman mutasaddilari tomonidan xatlov natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda hamda aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |