2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Sanoatchilar” obod va ishsizlikdan xoli hududga aylanmoqda

Aholi turmush darajasini yaxshilash, ularning doimiy daromad manbasini yaratish, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani “Sanoatchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Joriy yilda mahallaning 10 kilometrlik ichki yo‘llari ta’mirlandi, elektr tarmog‘i uchun 35 dona beton ustun, 1 dona yangi transformator o‘rnatildi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suvi ta’minoti hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi yaxshilandi, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ulug‘bek Ne’matov. – Mahallamizdagi “Temir daftar”da turuvchi 3 nafar fuqaroga 75 million, “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 88 nafar xotin-qizga 105 million, “Yoshlar daftari”dagi 23 nafar yigit-qizga 15 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha mahallaga biriktirilgan tuman hokimining yordamchisi ko‘magi bilan hududda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 97 nafar fuqaroga 2 milliard 200 million so‘mlik imtiyozli bank kreditlari ajratilib, mazkur mablag‘dan samarali foydalanishni nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan.

– Hozirgi kunda tadbirkorlar tomonidan 1 ta sun’iy qoplamali kichik futbol maydoni, 20 dan ortiq savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining asosiy qurilish qismi yakunlangan bo‘lsa, qolgan inshootlarda qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda, – deydi tuman hokimining yordamchisi Asqar Daminov. – Mahallamiz hududida “Sanoat zonasi”, “Yoshlar kichik sanoat zonasi” hamda “Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi” tashkil etilgan bo‘lib, ularda 150 ga yaqin loyiha amalga oshirildi va 1 ming 300 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 

“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida esa joriy yilda mahalla binosini qurish va jihozlash uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflanib, mahalla fuqarolari hamda idorada faoliyat yurituvchi “mahalla yettiligi” uchun barcha sharoit yaratilgan bino foydalanishga topshirildi. 

Sanoatchilar mahallasida yashovchi aholi o‘zlari va oila a’zolari uchun barcha qulaylikni yaratish maqsadida “Mening xonadonim, ko‘cham, mahallam – obod, xavfsiz va ishsizlikdan xoli hududdir!” degan ezgu shior ostida mehnat qilib, farovon yashash uchun astoydil harakat qilmoqda. 

05.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar