2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzaxning qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyatining yana bir muhim yoʻnalishi joylarda mahalla infratuzilmasi, ijtimoiy soha obyektlari, taʼlim va tibbiyot muassasalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etishdir.

Shundan kelib chiqqan holda Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida boʻlib, haqiqiy holatni oʻrganmoqda.

Hududda aholi uchun dolzarb boʻlib turgan muammolarni hal etish boʻyicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalofat oʻtkazish yuzasidan viloyat va tuman (shahar) shtablari hamda tegishli ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Har bir kommunal soha yoʻnalishlari boʻyicha avariya-taʼmirlash guruhlari tashkil etilib, ushbu guruhlarda mutaxassis xodimlar, maxsus avtomashina va mexanizmlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari, asbob-anjomlar va tegishli moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlandi.

Qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va faoliyat yuritishi uchun (72) 222-28-20 ishonch telefonlari toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilib, aholi murojaat va arizalarni qabul qilish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Viloyatda boshqaruv tashkilotlarining oʻz mablagʻlari va byudjet mablagʻlari hisobidan 164 ta koʻp qavatli uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, bugungi 131 ta koʻp qavatli uylarda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Xususan, 133 ta uyning 64,6 ming kv.m tom qismi, 113 ta kirish yoʻlaklari, 298 dona elektr taqsimlovchi shitlar, 29 ta uyning yertoʻla qismidagi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari, fasad qismlari mukammal va joriy taʼmirlash hamda energotejamkor lampalarni oʻrnatish boʻyicha ishlari olib borilmoqda.

Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga koʻmir mahsulotini yetkazib berish boʻyicha 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumi davomida jami 62,286,6 ming tonna koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda shundan viloyat boʻyicha 50,933,6 ming tonna koʻmir yetkazib berildi, yaʼni rejaga nisbatan bajarilishi 82%ni tashkil qiladi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Undan tashqari, qish mavsumiga tayyorlanish tadbirlari doirasida viloyat boʻyicha jami 27,9 km ichki yoʻllarga asfalt qoplamasi yotqizish va sement-beton qoplamasi yotqizish ishlari bajarildi. Aholiga qoʻshimcha 132 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, hududda gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida 1 383 ta aholi xonadonlaridagi 3 002 ta gaz anjomlariga texnik xizmat koʻrsatildi, 1,4 km gaz quvurlari tartibga keltirilib, boʻyoqlandi, 8 dona gaz taqsimlash qurilmalari texnik taftishdan oʻtkazildi va boʻyoqlandi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 78 dona temir-beton tayanchlar va 1 dona transformator oʻrnatish hamda 2,65 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 1 150 metr ichimlik suvi tarmogʻi tortildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etadi.

06.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar