Surxondaryo viloyati hokimligida shahar va tumanlar hokimlarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, qurilish tashkilotlari, tijorat banklari hamda aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Uni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.
Oliy sud raisining o‘rinbosari X.Yodgorov Andijon viloyatining bir qator hududlarida bo‘lib, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan uchrashdi.
Surxondaryo viloyatida 65 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi farzandu nevaralar ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Ularning olti nafari Termiz shahrida yashaydi.
Moliya vazirligiga kelib tushgan murojaatlarda pensiya taʼminoti bilan bogʻliq muammolar koʻp kuzatilmoqda. Xususan, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati, hududiy boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan pensiya taʼminotiga oid masalalar yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 may kuni “Har bir oila – tadbirkor” dasturi ijrosini taʼminlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Ahilobod va Yangi bogʻ mahallalari hududida qurilgan koʻp qavatli uylardan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironi bor oilalar, Mehribonlik uyi bitiruvchilariga ajratilgan xonadonlar kaliti oʻz egalariga topshirildi.
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedovning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurahim ota Mavlonovning 100 yoshlik tavallud ayyomi unutilmas voqealarga boy bo‘ldi.
Olot tumanida Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev oʻtkazgan ommaviy sayyor qabulda 400 nafarga yaqin fuqarolar turli ijtimoiy -iqtisodiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan murojaat qildi. Aholi vakillarining yuzdan ziyodrogʻi viloyat hokimi qabulida boʻldi.
2019-yil 1-fevraldan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш (таснифланадиган компенсациялар мустасно) | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |