Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Vatanparvarlik festivali qizg‘in pallada

Poytaxtimizda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan quramiz!” shiori ostida vatanparvarlik festivali davom etmoqda. Festival Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tutash maydonda boks, qilichbozlik, qo‘l jangi, kamondan o‘q otish maydonlari tashkil etilgan. Yoshlar mazkur sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda. Bilagida kuchi bor alp o‘g‘lonlar armrestling sport turi bo‘yicha kuch sinashmoqda.

Beshta muhim tashabbusning ikkinchisida yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish belgilangan va bu mamlakatimizning har bir hududida izchil amalga oshirilmoqda.

Festival tashkilotchilaridan biri – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi Durdona Rahimova mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Mazkur festival ana shunday eng muhim ishlardan biri ekanini aytib, barcha yoshlarni unda faol bo‘lishga chaqirdi. 

– 10 yildan buyon boks bilan shug‘ullanaman, – dedi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Javohir Abduniyozov. – O‘zbekistonda boks bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritayapman. Hasanboy Do‘smatov, Fazliddin G‘oyibnazarov, Bektemir Meliqulov, Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliev kabi dunyoni larzaga solayotgan bokschilarimiz safida men ham xalqaro musobaqalar va Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qilaman. 

08.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar