Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan tuzilgan 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari shu kunlarda og‘ir hudud hisoblangan Andijon viloyatining Asaka tumani hamda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida o‘z ishini davom ettirmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari viloyatlardagi sharoiti og‘ir bo‘lgan eng chekka qishloqlarda tunab, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va o‘z joyida hal etish bo‘yicha ishlarni boshlagandi.
Ezgulik, mehr-oqibat insonparvarlikka xos fazilatlardan. Keyingi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab- quvvatlash, mehr- muruvvat ko‘rsatish, kundalik hayot tarzi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratib berish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yanada kengaydi, yangi tashabbuslar quloch yoydi.
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev viloyatdagi mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholi muammolarini o‘rganmoqda.
Fuqarolarning muammolarini hududlarga chiqib o‘rganish sinalgan usullardan bo‘lib, jamiyat va xalq farovonligi yo‘lida keng samara bermoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi a’zolari tajriba sifatida tanlangan sharoiti og‘ir Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova Navoiy viloyati Nurota tumaniga tashrif buyurib, xotin-qizlar faoliyatini o‘rgandi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga muvofiq aholi bilan muloqotning mutlaqo sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilmoqda. Tajriba sifatida Toshkent viloyatining og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani tanlab olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |