Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Sayyor qabulga sehrgarlar kelmagan, hamma muammoni shu erning o‘zida hal etish imkonsiz

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari 10-13 noyabr kunlari Samarqand viloyatida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Bugun dastlabki qabul Samarqand tumanida mazkur tuman hamda Samarqand shahri, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlari aholisi uchun tashkil etildi.

Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, bir qator vazirlik va davlat qo‘mitalari, respublika tashkilotlari mas’ullari hamda ularning viloyatdagi idoralari rahbarlari, Samarqand viloyati hokimi va sektor boshliqlari ishtirok etdi.

– Aholi bilan muloqot qilish, ularning dardlari, muammolarini eshitib, hal etish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab shu kabi ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari A.Usmonov. – Samarqand viloyatiga ham poytaxtimizdan respublika vazirlik va idoralarining 50 nafarga yaqin mutasaddilari kelgan. Uch kun davomida joylarga chiqqan holda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini eshitib, masalalarga echim topamiz. Lekin shuni ham unutmaylikki, bu erga kelganlar sehrgar emas, ya’ni hamma muammo shu erning o‘zida, bir vaqtda hal bo‘lmasligi mumkin. Vaqt, o‘rganish talab etadigan muammolar bor, ammo ularga ham qonunchilikda belgilangan muddatda va tartibda javob beriladi. Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi.


Shundan so‘ng A.Usmonov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, poytaxtdan kelgan barcha mas’ul rahbarlar fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini eshitdi.


– Nurobod tumanining Sariko‘l mahallasidan keldik, – deydi Sobirxon Samatov. – Qishlog‘imizga tabiiy gaz bormaydi. Suyultirilgan gaz va ko‘mirdan foydalanamiz. Qishda uyimizni o‘tin, ko‘mir bilan isitamiz. Lekin bizning tumanimiz, qishlog‘imizga etib borguncha ko‘mir narxi ancha oshib ketadi. Shuning uchun tumanimizda ko‘mir ombori tashkil etishni so‘rab keldik.


“Ko‘mirta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Aslan Qayumov bugunning o‘zida ushbu qishloqqa ko‘mir olib borilib, aholiga arzon, ya’ni belgilangan narxda sotilishini hamda ko‘mir ombori tashkil qilish masalasi ham yil yakuniga qadar hal etilishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, shu kunlarda Samarqandga aholi, korxona va tashkilotlar, muassasalar uchun 75 vagon ko‘mir keltirilgan.

– Bugun bizga o‘ndan ortiq murojaat bo‘ldi va ularning asosiy qismi shu erning o‘zida mutasaddilar ishtirokida hal etildi – deydi Qurilish vaziri o‘rinbosari Sh.Hoshimov. – To‘rtta masalani joyida borib o‘rganishga qaror qildik va shu hafta yakuniga qadar mummolar bo‘yicha ham yakuniy xulosa beriladi.


Qabul chog‘ida Samarqand viloyati IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi shu paytgacha fuqaroligi bo‘lgan 20 nafar yurtdoshimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportini tantanali topshirdi.

– Samarqand shahrida yashayman, farzandu nabiralarim bor, lekin shu paytgacha O‘zbekiston fuqarosi emas edim, – deydi S.Azimmurodov. – Mana bugun 26 yil deganda, 60 yoshlimda fuqarolik pasporti olish nasib etdi. Buning uchun Prezidentimizdan minnatdorman. Men ikki marta – Afg‘oniston va Tojikistonda urushni ko‘rgan, jang olovida qolgan insonman. Shuning uchun tinchlik qadr-qimmatini yaxshi bilaman. Boshqalarni ham yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik qadriga etib, halol mehnat qilib, hayotga shukrona aytib yashashga da’vat etaman.


Sayyor qabulda Pastdarg‘om tumani Chandirobod mahallasidan bir guruh fuqarolar Avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Jumaniyozovga qishloq ichki yo‘llarini ta’mirlash masalasida murojaat qildi. Masala qo‘mitaning hududiy vakillari bilan muhokama qilinganidan so‘ng, mahallaning Ishonch va Zilolbaxt ko‘chalaridagi 400 metr yo‘lga tosh-shag‘al yotqizishga kirishildi.

11.11.2020

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы