Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Manas obodlikning koʻngilga koʻchgan manzili

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar butun mazmun-mohiyati bilan faqat inson manfaatlarini ifoda etmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Butun mamlakat boʻylab arzon turar-joylar qurilayotgani, ularning maʼlum qismi kam taʼminlangan oilalar va nogironlarga imtiyozli shartlar asosida ajratilayotgani, tadbirkorlarga yengilliklar berilib, qulay investitsiya muhiti yaratilgani va ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish borasidagi saʼy-harakatlar, qoʻshni davlatlar bilan munosabatlar iliqlashuvi, hatto, kitob oʻqigan bolaga avtomashina berilayotgani zamirida odamlarning turmushini yaxshilash, maʼnaviyatini yuksaltirish, Oʻzbekistonimiz dunyoning rivojlangan davlatlari safida boʻlishini taʼminlashdek ezgu maqsadlar mujassam. Birgina “Obod qishloq” dasturining hayotga tatbiq etilishi koʻplab oddiy odamlar turmushida yigʻilib qolgan muammolarni hal etish imkonini berdi.

Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Jizzax viloyatining Doʻstlik tumanidagi Manas qishlogʻi mamlakatimizda boshlangan “Obod qishloq” dasturini tatbiq etishda namuna sifatida tarixda qoldi.

Oʻtgan asrning 60-yillarida viloyatning eng chekka hududida barpo etilgan Manas qishlogʻida bugungi kunda 6,5 mingdan ziyod aholi yashaydi. Yillar davomida infratuzilma inshootlari, koʻcha va yoʻllar, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi taʼminoti, madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish talabga javob bermasligi natijasida odamlar juda qiyin ahvolga tushib qolgan edi.

“Obod qishloq” dasturi doirasidagi bunyodkorlik ishlari davomida bolalarning taʼlim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ayollar uchun pazandalik, tikuvchilik, qandolatchilik oʻquv kurslari tashkil etish, uy-joylarni, qishloq yoʻllarini taʼmirlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish, issiqxonalar tashkil etish uchun bank krediti ajratish kabi dolzarb ishlar qisqa muddatda amalga oshirildi.

Yashirishdan ne hojat, yaqin yillargacha bu sohalarga eʼtibor sustligi oqibatida aholining turmushi bugungi taraqqiyot mezonlaridan ancha ortda qolgan edi. Bundan bir necha yil avvalgi Manasdagi hayotni koʻz oldimizga keltirishning oʻziyoq mazkur hududdagi bugungi oʻzgarishlarni amalga oshirish nechogʻli zarur boʻlganini aniq va ravshan namoyon etadi.

Prezidentimiz har bir inson umid bilan yashar ekan, ertaga, indinga yoki undan keyin emas, hozir, shu bugun orzu-niyatiga yetishini, umridan, hayotidan, har bir kunidan rozi, mamnun boʻlib yashashini istaydi.

Inson qachon baxtli boʻladi? Qachonki, u oʻz uyiga ega boʻlsa, oilasi bilan tinch-totuv yashasa. Ezgu niyat bilan oʻzi va farzandlari uchun uy qurish xalqimizga xos azaliy qadriyat. Aholining turmush darajasini yanada oshirish va hayot sifatini yaxshilashda ularni uy-joy bilan taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun qaysi bir hududda boʻlmang, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy uy-joy majmualari, shaharchalar bunyod etilayotgani guvohi boʻlasiz. Bugun, avvalo, ehtiyojmand oilalarni imtiyozli uylar bilan taʼminlashga eʼtibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari eʼtibori bilan “Obod qishloq” dasturi asosida Manasda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatda keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Dastur doirasida sizot suvlari sathi koʻtarilishini bartaraf etish uchun 41 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari tozalandi. Ikki qavatli 34 ta uyning tomi qayta yopildi. Uy-joylar atrofidagi rejasiz qurilishlar oʻrnida yangidan yordamchi binolar, tandirxonalar qurildi. Mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtkazildi.

Eng muhimi, mazkur bunyodkorlik ishlari oilalar turmush tarziga, ularning farovonligiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Yosh oilalarning mustaqilligi, mustahkamligini taʼminlash bilan birga oiladagi nizo va ajrimlarning oldi olindi. Mamlakatda islohotlar, eng avvalo, inson manfaatlari yoʻlida, ularning erkin va farovon hayotini taʼminlash uchun amalga oshirilayotganiga aholi ishona boshladi.

Shu oʻrinda bir fikr. Farovon turmush avvalo, tinchlik bor joyda kafolatlanadi. Aynan tinchlik xavfsizlik, barqarorlik, rivojlanishni taʼminlaydi. Hamma sohada muvozanatni saqlaydi. Har bir insonga ertangi kunga ishonch va umid bilan qarash imkonini beradi.

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida “Suvoqova” davlat unitar korxonasi jamoasi tomonidan 6,5 kilometrlik suv quvuri yotqizildi. Suv tarqatish inshootlari taʼmirdan chiqarildi. 2 ta umumtaʼlim maktabi taʼmirlanib, qayta jihozlandi. Ushbu maktablarda oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi barpo etilib, duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik dastgohlari bilan taʼminlandi. 17 ta bolalar maydonchasi, 2 ta mini futbol maydoni, 250 oʻrinli stadion barpo etildi.

“Obod qishloq” dasturini amalga oshirish boshlangandan buyon qishloqda 200 dan ziyod xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Jumladan, “Jizzaxpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 100 oʻrinli, “Zaminteks” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 20 oʻrinli tikuvchilik sexlari qurilib, qishloq xotin-qizlaridan 120 nafari ishga joylashtirildi.

30 ta issiqxona, koʻp qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning chorva mollarini boqish uchun 100 bosh qoramolga moʻljallangan zamonaviy ferma qurildi. Shu yerda veterinariya punkti ishga tushirildi. Aholining kundalik ehtiyojini taʼminlash maqsadida zamonaviy koʻrinishdagi 31 ta savdo doʻkoni, novvoyxona, hammom barpo etildi. 500 oʻrinli “Manas” madaniyat saroyi toʻliq taʼmirdan chiqarilib, madaniy-maʼrifiy maskanga aylantirildi. Qishloq vrachlik punkti qayta rekonstruksiya qilinib, uning oʻrnida 500 qatnovga moʻljallangan oilaviy poliklinika tashkil etildi.

125 oʻrinli “Aychurek” maktabgacha taʼlim muassasasi Janubiy Koreya standartlari asosida tashkil etilib, jihozlandi. Ushbu maskanda bolajonlarning dastlabki bilim va koʻnikmalarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida shakllantirish uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Manas hududi, koʻchalar obod etilishi bilan bir vaqtning oʻzida oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlari ham amalga oshirilgani nur ustiga nur boʻldi. Xususan, Prezidentimizning 2017-yil 12-sentyabrdagi “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan “Manas” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan Safargul Xolmurodova, Dilrabo Sattorova, Tursunoy Musurmonkulova, Oytol Alibayeva, Buvsara Boʻtabekovalar oilasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan kundalik turmushda zarur boʻlgan maishiy texnika jihozlari bilan taʼminlandi. Mirmadi Mirsalimov, Ozoda Abdurahmonova, Baxtiyor Rajabov, Nadejda Kojushko, Muyassar Bobilova, Ruqiya Bayitova kabi ehtiyojmand fuqarolarga gaz plitasi va gaz ballonlari topshirildi.

Sirasini aytganda uy-joylar va infratuzilma obyektlari xarob ahvolga kelib qolgan Manas qishlogʻida qisqa muddatda misli koʻrilmagan yangilanishlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bugun ushbu ishlar natijasini koʻrgan kishining qalbi zavqqa toʻlib, “qarovsiz qolib ketgan joylarda ham ana shunday ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin ekan-ku”, deya bugungi kunga yetkazganiga shukronalar aytmoqda. Bunga sabab, mazkur hududning atigi 1,5 oy ichida mutlaqo zamonaviy qiyofa kasb etgani, eng muhimi, nafaqat qishloqning tashqi qiyofasi, balki qishloq aholisining kayfiyati, turmush darajasi, dunyoqarashi va hayotga munosabati ham oʻzgarib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanganidir.

Shu oʻrinda muhim bir jihatni taʼkidlab oʻtish oʻrinli. Odamlar ongi, dunyoqarashidagi oʻzgarishlar nafaqat Manas ahli, balki barcha yurtdoshlarimiz ongu shuurida kuzatilmoqda. Zero, Prezidentimizning odamlar tashvishi, maqsad-muddaolari, ularni roʻyobga chiqarish yoʻlidagi saʼy-harakatlari, koʻplab muammolar, dolzarb masalalarga oʻz vaqtida, tezkor va oqilona yechim topish boʻyicha amalga oshirayotgan islohotlari barchamizni yurt ravnaqi yoʻlida birlashishga, faol boʻlishga, inson manfaatlarining barcha narsadan muhim ekanini dildan anglab yetishga undamoqda. Bu kabi keng koʻlamli yangilanish va islohotlardan ilhom olgan yurtdoshlarimiz bugun sharoiti murakkabroq boʻlgan qoʻni-qoʻshnisi, nuroniylar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz keksalar, ehtiyojmand oilalarga yordam koʻrsatish, yon-atrofning tozaligi, yoʻllarning tunda ham charogʻon boʻlishi, atrof-muhit xavfsizligi uchun masʼuliyatni teran his etgan holda, ularda yurt taqdiri, uning buguni va ertangi kuniga daxldorlik tuygʻusi ortib bormoqda.

Muxtasar aytganda, bugun olis va chekka hududlarda ham yashash, odamlarning munosib mehnat qilishi, dam olishi, turmush darajasini oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Buni bugun bahordan darak beruvchi bodom gullari kabi goʻzallikka burkangan Manas misolida yaqqol koʻrish mumkin.

Nusratulla Pardayev,

Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari

birlashmasi kengashi raisi

 

O'zA

12.10.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы