Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Sayyor qabullarning amaliy natijalari

Yurtboshimiz tashabbuslari bilan joriy etilgan yangi tizim – xalq bilan muloqot davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchli, mustahkam ko‘prik ekanligini bugun nafaqat yurtimiz aholisi, balki siyosiy arboblar, xalqaro ekspertlar va taniqli mutaxassislar e’tirof etishmoqda.

Xalqimiz o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolarning bartaraf etilayotganini, murojaatlar qog‘ozda emas, amalda o‘z ijobatini topayotganligini dildan his etmoqda.

 

Shu sababli ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmanov tomonidan Sherobod tuman fuqarolari bilan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulga kelgan yurtdoshlarimiz nigohida qat’iyat va ishonch balqib turganini ko‘rish mumkin edi.

 

O‘tgan vaqt davomida sektor rahbarlari, viloyat hokimligi, Prezidentimizning viloyat xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan uyma-uy yurilib, aholining turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli o‘rganilishiga qaramasdan, hali muammolar bir talay ekanligi sayyor qabul davomida ma’lum bo‘ldi.

 

Sherobod tuman fuqarolaridan uy-joy masalasida 34 ta, ish bilan ta’minlash uchun 38 ta, ichimlik suvi bo‘yicha 18 ta, qishloq yo‘llarining ahvoli haqida 22 ta, ta’lim va maktabgacha ta’lim borasida 13 ta, kadastr sohasida 16 ta, sog‘liqni saqlash masalasida 8 ta murojaat kelib tushgan.

 

Kun davomida 238 nafar fuqaroning shikoyat va arizalari qabul qilinib, ularning 117 tasi yoki 42,7 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar esa qat’iy nazoratga olinib, tegishli tartibda hal qilish uchun o‘n kun muddat belgilandi.

 

photo5273877436561467910.jpg

 

— Men Yurtboshimiz tomonidan yuborilgan vakilga Poshxurt qishlog‘ida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik sexini ochish bo‘yicha murojaat qildim. Taklifim qanoatlantirildi. Qishlog‘imizda tikuvchilik sexi qurish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Bundan nafaqat men, barcha poshxurtliklarning boshlari osmonga yetdi, — deydi shu qishloqda yashovchi Oynaxol Rahmonova. 

 

Ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish ham xalqimizning azaliy milliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Tumanning “Chorbog‘” mahallasida yashovchi A.Bozorovning “G‘oz ota” qabristonida ziyoratchilar uchun ayvon qurish yuzasidan qilgan murojaati ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

 

Tumanda istiqomat qiluvchi 14 nafar fuqaroning tuman hududida faoliyat yuritib kelayotgan sement ishlab chiqarish zavodiga ishga joylashtirishni so‘rab qilgan murojaati joyida ijobiy hal etilib, barchasi ish bilan ta’minlandi.

 

Sayyor qabulda Sabohat Ziyoevaning murojaati o‘rganilib, sog‘ligini tiklash uchun tegishli joyga order ajratiladigan bo‘ldi. Eng muhimi, Sherobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabuldan fuqarolar qat’iy ishonch va ezgu niyat bilan uylariga qaytishdi.

 

O‘zA

04.04.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы