Shavkat Mirziyoyev
Стратегия «Узбекистан – 2030» была разработана с целью обеспечения устойчивого и инклюзивного развития страны и определяет долгосрочные направления развития Узбекистана.
“Siz kelmang, biz boramiz...”

Toshkent viloyatining Bekobod tumani azaldan og‘ir hudud. Aholining ko‘p yillik muammolariga ham birdan yechim topish oson ish emas. Ammo astoydil intilish, chin dildan istak va xohish bo‘lsa, imkon va resurs hamisha topiladi. Bugungi Bekobod tumanining qiyofasi ham, aholining kayfiyati ham tubdan o‘zgarmoqda.

Birinchi ish kunidanoq tuman hokimi Z.Nizomiddinov hokimiyat tizimidagi barcha mutasaddi va xodimlar bilan uchrashib, vazifalarni aniq-lo‘nda o‘rtaga qo‘ydi: “Tumandagi hech bir fuqaro muammosi diqqat-e’tiborimiz markazidan chetda qolib ketmasligi kerak. Murojaatchi masalasi hal bo‘lmasdan viloyat va respublikaga ovorayu sarson bo‘lib bormasligi, balki har bir muammoni mahallaning o‘zida, tumandayoq hal qilib berishimiz lozim. Ya’ni odamlar bizga kelmasin, biz ularga boraylik. Ishlasak, kun o‘tariga emas, aniq natijaga ishlaylik. Faoliyatimiz asosiy mezoni – oddiy odamlar ishimizdan rozi bo‘lishi”, deya alohida ta’kidladi.

Qirq yillab xizmat qilgan simyog‘ochlari o‘rniga zamonaviy betonli ustunlar o‘rnatilmoqda, qarovsiz qabristonlar, ziyoratgohlar, mahalla go‘zarlari obodonlashtirilayapti, mahalla fuqarolik yig‘inlarida arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilayapti. Ko‘priklar qurilmoqda, necha yillardan buyon yotqizilmagan kanalizatsiya tarmoqlari bunyod etilayapti. Eskirgan ichimlik suvi va gaz tarmoqlari yangilanayapti. 

Eng muhimi, mahallada ishsizlarni kamaytirish va tadbirkorlik ruhini kuchaytirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda va aniq natijalarga erishilayapti. Xonadonma-xonadon yurilib, nafaqat ijtimoiy muammolarga yechim topilayapti, balki aholi har qarich yerdan oqilona foydalanishga o‘rgatilmoqda. Mahallalardagi nogiron va ehtiyojmandlar xolidan xabar olinmoqda. Xonadon kesimida muammolar o‘rganilib, katta baza qilindi. Albatta hammasiga bosqichma-bosqich yechimlar topilayapti. Maqolada alohida raqamlaru va statistikaga to‘xtalib o‘tmoqchi emasmiz. 

Ammo natijadorligining muhim kaliti shuki, eng avvalo, masalalar tuman oqsoqollari va ziyolilar bilan bamaslahat qilinmoqda, ma’naviyatga katta kuch sifatida, sifat o‘zgarishlarining asosiy omili sifatida qaralmoqda. Aholiga manfaat keltiradigan har qanday loyiha va tashabbuslarning qo‘llab-quvvatlanishi ochiq e’lon qilindi. 

Avvalo, nashr etilishi bir muddat to‘xtab qolgan tuman gazetasi – “Yangi Bekobod” gazetasi qayta chop etila boshlandi. Ayniqsa, oxirgi ikki oyda maktab ustozlari va o‘quvchilariga chinakam bayrami kayfiyati ulashdi. Yoshlarning ijodkorlik va intellektual salohiyatini oshirishga juda katta rag‘bat ko‘rsatilmoqda. Birgina “Har maktabga 100 kitob” loyihasi e’lon qilinib, tuman ta’lim dargohlariga 10 mingga yaqin kitoblar kirib keldi, 100 dan ortiq taniqli yozuvchi, shoir, olim va san’atkorlar yoshlar bilan dildan muloqot qildi, adabiy mushoiralar o‘tkazildi. 

Shu kunlarda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining Angren shahri va Ohangaron, Parkent hamda Bekobod tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doim qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mana shunday xalqchil, keng ko‘lamli o‘zgarishlar uchun ulkan turtki va juda katta imkoniyatlar yaratadi. 

26.07.2025

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Сентябрь 202427 Сентябрь 2024Ферганская область
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Июнь 20243 Июль 2024Андижанская область
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Июнь 202419 Июль 2024Сырдарьинская область
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Июль 202419 Июль 2024Джизакская область

полезные ресурсы