Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Muammolarga yechim izlanmoqda

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan viloyatdagi eksportyor korxonalar faoliyatini o‘rganish, ularni bojxona qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor etish maqsadidagi sayyor o‘rganishlar davom etmoqda.

Jumladan, “Buxoro GYPSUM” MCHJda tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvda bojxona mas’ullari ishtirokida eksport jarayonlarini soddalashtirish, tariflarni optimallashtirish hamda mavjud imtiyozlar orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash masalalari keng muhokama qilindi.

Korxona tomonidan 2025 yilning o‘tgan davrida qiymati 0,2 million AQSH dollariga teng, umumiy og‘irligi 340 tonna bo‘lgan “qog‘oz, karton va ulardan yasalgan buyumlar” import qilingan. Shu davr mobaynida esa 0,45 million AQSH dollarlik, umumiy hajmi 5 167 tonna qurilish materiallari eksport bojxona rejimida rasmiylashtirilib, asosan Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonga yetkazib berilgan.

Viloyatda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga bojxona yo‘nalishida zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida navbatdagi sayyor uchrashuv esa Qorovulbozor tumanida tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida Eron Islom Respublikasi sarmoyasi asosida barpo etilayotgan “PETROCHEM BUKHARA” qo‘shma korxonasi faoliyati atroflicha o‘rganildi. Ushbu korxona neft va neft mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, 2025 yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Loyihaning to‘liq amalga oshirilishi natijasida 600 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ikki tomon – bojxona sohasi vakillari hamda investorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida xorijiy investitsiyalar uchun yaratilayotgan bojxona imtiyozlari, “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi afzalliklari, shuningdek, bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 

Bu kabi sayyor o‘rganishlar bojxona xizmati bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlamoqda. 

30.06.2025

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Таълим кредитиИшонч телефони8 Май 202423 Май 2024Хорезмская область
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Апрель 202419 Апрель 2024Андижанская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы