Shavkat Mirziyoyev
Стратегия «Узбекистан – 2030» была разработана с целью обеспечения устойчивого и инклюзивного развития страны и определяет долгосрочные направления развития Узбекистана.
Respublika ishchi guruhi amaliy ishlar bilan tanishdi

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida aholi bilan samarali muloqotni tashkil etish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, hududlarni obodonlashtirish hamda infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.

Ishchi guruh a’zolari tumandagi muhim loyihalar bilan bevosita joyida tanishdi. Xususan, “Asaka Motors International” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu loyiha mahalliy sanoat salohiyatini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Quyosh mahallasida aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar ham ishchi guruh diqqat markazida bo‘ldi. Bu tashabbus aholining daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki ehtiyojni mahalliy resurslar hisobiga qondirishga xizmat qilmoqda.

– Respublika ishchi guruhining mahallamizga tashrifi mahalliy muammolarga davlat darajasidagi e’tiborning yaqqol ifodasidir,– deydi mahalladagi tuman hokimining yordamchisi To‘lqin Jangirov.–  Suv ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan baho va tavsiyalar biz uchun muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Aholining tomorqalarga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi va samaradorlik his etilmoqda.

Shu bilan birga, Furqat mahallasidagi xonadonlarga  “Sayxunobod” tajribasi  bo‘yicha individual tashriflar ham ishchi guruh tomonidan yuqori baholandi.

– Respublika ishchi guruhining tashrifi mahalliy aholi bilan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga davlat tomonidan berilgan yetarlicha e’tiborning dalolati hisoblanadi. Ayniqsa, “Sayxunobod” tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan tomorqadan samarali foydalanish ishlari ijobiy baholandi, – deydi “Furqat” mahalla fuqarolar yig‘ini  raisi Ziyoda Mirzayeva.

Respublika ishchi guruhi tomonidan joylardagi islohotlarni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish hamda ularni aniq va manzilli hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

27.05.2025

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Сентябрь 202427 Сентябрь 2024Ферганская область
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Июнь 20243 Июль 2024Андижанская область
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Июнь 202419 Июль 2024Сырдарьинская область
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Июль 202419 Июль 2024Джизакская область

полезные ресурсы