Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari hamda eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov ishtirok etdi. Unda dastlab mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali eksport ko‘lamini kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda eksport salohiyatini yanada oshirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda tadbirkorlikni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan byurokratik holatlarni aniqlash, shu jumladan, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish, eksportni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va investitsiyalarni jalb etishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan masalalarga qarshi choralar belgilanib, ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmmoqda.
Tadbir davomida tadbirkorlik sub’ektlarini tashvishga solayotgan dolzarb muammolar, shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar muhokama etildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan subsidiya, kredit, kadastr, yer solig‘i, qurilishdagi muammolar, eksport va import hamda shunga o‘xshash masalalar bo‘yicha murojaatlar yo‘llandi.
Jarayonda 73 nafar murojaatchining 86 ta masalasi ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, muddat va o‘rganish talab etiladigan masalalar hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvdan keyin viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Markaziy banki raisi Navbahor tumanidagi tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, issiqxona, limonchilik, qulupnaychilik yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Navbahor tumanida istiqomat qilib kelayotgan Nuriddin Mirzayev tomorqasidan unumli foydalanayotgan ishbilarmon fuqarolardan biri. U tomorqasida pomidor, bodring, limon va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib kelmoqda. Bundan tashqari, qoramolchilik bilan ham shug‘ullanadi. Mas’ullar mazkur xonadonda bo‘lib, tadbirkor oilaning kundalik hayoti bilan yaqindan tanishdi.
Navbahorlik Nodirbek Jumanazarov esa bir necha yil xorijda ishlagan. Qishlog‘iga qaytgach, bankdan kredit olib, asalarichilik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, penoblok ishlab chiqarish ham faoliyatining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U bugungi kunda barqaror daromad manbaiga ega.
Ta’kidlash o‘rinliki, rahbarlarning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti masalalarni joyida hal etishda va ularning kelgusi faoliyatlarini yanada rivojlantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 Май 2024 | 23 Май 2024 | Хорезмская область |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Апрель 2024 | 19 Апрель 2024 | Андижанская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |