Jizzax viloyatida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov boshchiligidagi ishchi guruh ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilib, unda 96 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.
Jami 96 ta murojaatdan 46 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 43 ta murojaat qanoatlantirildi, 7 ta murojaat bo‘yicha berilgan ariza, iltimosnoma va taftish tartibidagi shikoyatlar Oliy sud tomonidan o‘rganish uchun qabul qilindi.
Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan taqdimnomalar asosida 22 nafar mahkum o‘talmay qolgan axloq tuzatish ishlari va boshqa jazolardan muddatidan avval shartli ravishda ozod qilindi.
Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 6 nafar fuqaroning voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi arizalari qanoatlantirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 13 nafar shaxsning sud buyrug‘iga nisbatan yozgan e’tiroznomasi sayyor qabul jarayonida qabul qilinib, sud buyrug‘i bekor qilinib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. 1 nafar fuqaroning hal qiluv qarori ijrosini kechiktirish haqidagi arizasi qanoatlantirildi. 2 nafar fuqaroning ishlaganlik fakti belgilandi.
Shuningdek, 5 ta iqtisodiy ishlar bo‘yicha tadbirkorlik foydasiga da’vo talablari qanoatlantirilib, ular hisobiga 728 million 559 ming 945 so‘m qarzdorlik undirib berildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 Май 2024 | 23 Май 2024 | Хорезмская область |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Апрель 2024 | 19 Апрель 2024 | Андижанская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |