Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Orolbo‘yida “Tadbirkor ayollar haftaligi” davom etmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lganlarga bilim berish, ularni mini texnologiyalar bilan ta’minlash, amaliy tajriba almashish, aholi o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, kooperatsiya asosida aholini band qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilk bor “Tadbirkor ayollar haftaligi” o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va tashabbuskor tadbirkorlar hamkorligida tashkil etilgan haftalik doirasida mamlakatimizning barcha hududlaridan 250 nafardan ortiq tadbirkor ayol hamda Orolbo‘yidan 600 nafardan ziyod biznesni boshlash istagidagi xotin-qizlar, imkoniyati cheklangan aholi qatlami, e’tiborga muhtoj ayollar ishtirok etmoqda.  

  Haftalikning dastlabki kuni tadbirkor va biznes boshlash niyatida bo‘lgan xotin-qizlar uchun taniqli moliyaviy ekspert, “Uzbekistan Business Awards 2024” marosimining “Biznes ta’lim treneri” nominatsiyasi g‘olibasi Shohida Ibragimova tomonidan moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan bepul seminar o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 300 nafardan ortiq xotin-qizlar bilimlarini oshirib borish, biznesga qadam qo‘yishdagi muammolarni yengish, moliyani to‘g‘ri taqsimlash va biznesda muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha ekspert tomonidan bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Qayd etish lozim, taniqli ekspert Shohida Ibragimova moliyaviy savodxonlikdan dars berib, 2 oyda 300 nafar o‘quvchini natijaga chiqargani uchun “InterRecord“ xalqaro rekordlar kitobiga kirgan.

Haftalik doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan tashabbuskor tadbirkor ayollar tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi,  uy sharoitida mahsulot yetishtirib, daromad topish bo‘yicha gulchilik, zargarlik, kulolchilik, to‘qimachilik, tikuvchilik, qandolat mahsulotlari tayyorlash, kashtachilik, asalarichilik kabi 15 dan ziyod yo‘nalishda mahorat darslari tashkil etildi.  

Jumladan, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi “Gulchi opa tomorqa xizmati” klasteri rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor  Sharofat Noriyeva Nukus shahridagi “Bo‘z ovul” mahalla fuqarolar yig‘inida gul yetishtirish, Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi “NURAFSHON-NUR” xususiy korxonasi rahbari, eksportyor tadbirkor Muhabbat Tashmuhamedova Nukus shahridagi “Nurli bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida to‘qimachilik, samarqandlik tadbirkor Lochinbek Umarov tomonidan Taxiatosh tumani “Nurli keleshek” ovul fuqarolar yig‘inida “Gala Osiyo” nonlarini yopish texnologiyasi, Buxoro viloyatidan “SHAMSI RAJAB TOZA ASAL” xususiy korxonasi rahbari, tadbirkor Nazira Ro‘zimova tomonidan Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida asalarichilik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.  

Haftalik doirasida  ishtirokchilar Nukus “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida bo‘ldi.  

Mamlakatimizda internat uylarida istiqomat qilayotgan bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatishning yangilangan tizimini joriy etish orqali ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur “Muruvvat” uyining 250 o‘ringa mo‘ljallangan yangi binosi 2018 yili qurilgan. Bu yerda davlat ta’minotiga olingan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha nuqsonlari bo‘lgan, 18 yoshdan yuqori bo‘lgan I va II guruh nogironlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Tadbirkor ayollar tashrif doirasida tarbiyalanuvchilar tomonidan yaratilgan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etib, mahsulotlardan xarid ham qildi.  

Haftalik doirasida Xo‘jayli tuman hokimligi bilan hamkorlikda “Tadbirkor ayollar bog‘i” yaratildi.

26.01.2025

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы