Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Inson qadri uchun

Yurtimizda nogironligi bor fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Prezident Xalq qabulxonalari tashabbuslari bilan  nogironligi bor fuqarolarning ko‘ngillarini shod qilish, davlatimizning ularga nisbatan bo‘lgan g‘amxo‘rligini yanada namoyon etish maqsadida joylarda sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, mahalla “yettilik”lari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, Toshkent shahri Chorbog‘ mahallasida joylashgan maxsus 508-sonli MTTdagi 84 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga davlatimiz rahbari nomidan sovg‘alar topshirildi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi tantanalar uyida ham tadbir tashkil etilib, unda O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Afg‘onchilar birlashmasi, Chernobilchilar assotsiatsiyasi vakillari hamda jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Bundan tashqari Navoiy shahrida nogironligi bo‘lgan 400 nafar fuqaroga ham ehtirom ko‘rsatilib, dasturxon yozildi va madaniy chiqishlar namoyish etildi.

Tadbirlarda so‘z olganlar  oramizdagi imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxo‘rlik qilish ham farz, ham qarz ekanligi, xayrli ishni har kim, har kuni qilishi lozimligini ta’kidlashdi.

Prezident Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan 250 dan ziyod bayram tadbirlarda jami 13 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar qamrab olinib, davlatimiz rahbari nomidan turli sovg‘alar topshirildi.

Bundan tashqari,  4 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarning uylariga borilib, holidan xabar olindi va ro‘zg‘or buyumlari topshirildi. 12 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslarga turli  yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, dori-darmon, maishiy texnika, protez ortopediya vositalari, moddiy yordam va boshqa turdagi ko‘maklar ko‘rsatildi.

Misol uchun, Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan tadbirlar doirasida jami 2 300 ta nogironligi bo‘lgan shaxs qamrab olinib ularga aravacha, eshitish moslamasi, hassa-tayoq kabi reabilitatsiya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Navoiy shahrida alohida ta’limga  muhtoj bo‘lgan bolalar uchun 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida bugungi kunda 108 nafar bola ta’lim-tarbiya olib kelmoqda. Ushbu maskanda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan homiylik asosida yangi sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, joriy yilning o‘tgan davrida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 16,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan, ularning 14 mingga yaqini, ya’ni 84 foizi qanoatlantirilgan.

Jumladan, murojaatlarning asosiy qismi tibbiy amaliyot, nogironlik guruhini tiklash va o‘zgartirish,  belgilash,  nafaqa tayinlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, davolanish uchun order ajratish kabi masalalarga doir bo‘lgan.

04.12.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы