Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
“Har bir davlat xizmatchisi – ma’naviyat targ‘ibotchisi” mavzusida o‘quv kurslari boshlandi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga ko‘maklashish dolzarbdir.

Bu borada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi jamiyatda ezgu qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga oid faoliyatda qatnashish, “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

6-8 noyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda hokimliklarning zaxira kadrlarini siyosiy-ma’naviy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid “Har bir davlat xizmatchisi – ma’naviyat targ‘ibotchisi” mavzusida 3 kunlik malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

Birinchi kun o‘quv mashg‘ulotlarini Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ochib berdi. U dars jarayonida “Davlat xizmatchisining ma’naviy-axloqiy fazilatlari” mavzusida rahbar kadrlarning kasbiy mahorati, ma’naviy qiyofasidagi axloqiy jihatlari, rahbar xodim qiyofasini belgilashda muhim mezonlardan biri bo‘lgan yuksak ma’naviyat, mas’uliyat va madaniyatlilik darajasi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘quvlarda ishtirok etayotgan har bir davlat xizmatchisi kerakli bilim va tajribani o‘rganishlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslariga O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, Notiqlik akademiyasi rahbari Rahimboy Jumaniyozov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, sharhlovchi Qobilbek Karimbekov va boshqa mutaxassislar jalb etilgan.

Mashg‘ulotlarda olimlarimiz mamlakatimizdagi islohotlar va ularning mazmun-mohiyati, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, 2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili“ mazmun-mohiyati, vazirlik, idora va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yetarli darajada tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shu bilan birga ijtimoiy axloq va yangilanayotgan jamiyat, rahbar ma’naviyati va kasb etikasi, ma’naviy targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish yo‘llari, milliy g‘oyaning O‘zbekiston taraqqiyotdagi o‘rni, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati, jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etish omillari, ma’naviyat sektorini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar kabi mavzularda ma’ruzalar belgilangan.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu boradagi chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashdan iboratdir.

05.11.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы