
Boysun tumanida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 22 ta tashkilot va korxona 221 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi 15 nafar kishiga ishga joylashish va besh nafarining kasb-hunar o‘rganishi uchun yo‘llanma berdi. Shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turgan va vaqtincha ishsiz 14 nafar xotin-qiz kasb-hunar o‘rganganligi to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘ldi. Bir nafar xotin-qizga kompyuter jamlanmasi, 13 nafariga zamonaviy tikuv mashinkasi va tikuv jihozlari topshirilib, bandligi ta’minlandi.
Mehnat yarmarkasida so‘nggi yillarda xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirib, yangi ish o‘rinlari yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berilib, bu imkoniyatlardan samarali foydalanish tavsiya etildi.
| Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Сентябрь 2024 | 27 Сентябрь 2024 | Ферганская область |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Июнь 2024 | 3 Июль 2024 | Андижанская область |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Июнь 2024 | 19 Июль 2024 | Сырдарьинская область |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Июль 2024 | 19 Июль 2024 | Джизакская область |