Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Davlatimiz rahbari bahorning ilk kunlarida Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida hududda ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq muddatli topshiriq bergan edi. Prezident Xalq qabulxonasi ayni shu topshiriq ijrosi bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan Shovot va Hazorasp tumanlarida ish olib bordi.

 

Jumladan, Prezident virtual qabulxonasiga moddiy yordam masalasida arz qilgan, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi qariyb 170 nafar murojaatchiga ishlab daromad topishi uchun qisqa muddatda tikuv mashinalari olib berildi.

Muborak Ramazon oyida Prezident sovg‘asi sifatida tuhfa etilgan bu ish anjomlari oilalarning ro‘zg‘orini butlash uchun yana bir yangi imkoniyat bo‘ldi. O‘z tikuv mashinasiga ega bo‘lgan ayollar ishlab chiqarish va oilaviy korxonalarda kooperatsiya asosida ish boshladi.

Tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish, ularga tezkor va samarali yechim topish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh tumanlarda o‘rganishlar olib bordi.

Xususan, Shovot tumani Shovot mahallasidagi hunarmand Sadoqat Matpanayeva korxonasi faoliyati o‘rganildi. Hozirgi kunda korxona 10 turdagi quroqlar tayyorlab, Qozog‘istonga eksport qilib kelmoqda. Buyurtmalari kundan kun oshayotgan Sadoqat Matpanayeva ayni kunlarda yana 6 nafar quroqchini ishga qabul qilgan.

Sarhisob qiladigan bo‘lsak, Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan bir oyda Shovotda 60 nafardan ziyod ishsiz ayolga tikuv mashinalari olib berilib, ularning bandligini ta’minlash uchun o‘ndan ortiq mahallada kooperatsiyalar ishga tushirildi.

Xuddi shunday Hazoraspdagi «Hazorasp Diomond» korxonasiga Prezident Xalq qabulxonasi tavsiyasi bilan biriktirilgan 20 nafar tikuvchi Rossiyaga eksport qilish uchun kiyim-kechaklar tayyorlashga kirishgan bo‘lsa, yana 30 nafar tikuvchi «Hazorasp nurli zamin» oilaviy korxonasida ko‘rpa, yostiq, kelinlar uchun sarpolar ishlab chiqarishga hissa qo‘sha boshladi.

Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan bir qator yoshlarga motokultivatorlar va boshqa ish anjomlari olib berildi. Deylik, shovotlik 2-guruh nogironi Bekpo‘lat Eshjonovga ham etikdo‘zlik uskunalari sovg‘a qilingach, natijasi uch kundayoq bilindi. U o‘z kichik tadbirkorligini boshladi.

Shuningdek, bu jarayonda og‘ir xastalikka chalingan 39 nafar murojaatchining dori-darmon va davolanish xarajatlari qoplangan bo‘lsa, shovotlik Muqaddas Sotimova kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor 33 nafar talabaning kontrakt to‘lovi to‘lab berildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezident Xalq qabulxonasining Hazorasp va Shovot tumanlaridagi faoliyati davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 274 nafar murojaatchining eng birlamchi hayotiy muammolari hal qilindi, shundan qariyb 170 nafar murojaatchi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Xalq bilan muloqotning mazkur yangi hayotiy mexanizmi endi Yangibozor va Tuproqqal’a tumanlarida amalga oshiriladi.  

04.04.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы