Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Maqsadli qadamlar: hududlardagi murojaatlarga qanday yechim topilyapti?

Inson huquq va manfaatlarini himoya qilish unda jamiyatdan rozilik tuyg‘usini shakllantiradi va shu asnoda hayotiy intilishlariga yo‘l ochadi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining joylarda sud-huquq masalalari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazayotgani mana shu yo‘ldagi maqsadli qadamdir.

Navbatdagi shunday manzil Farg‘ona viloyati bo‘ldi. Sayyor qabullar viloyatning Marg‘ilon, Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari va Qo‘shtepa, Bag‘dod tumanlarida o‘tkazildi. 

Uch kun davomida aholi murojaatlari Prezidenti Administratsiyasi, viloyat sud, prokuratura, ichki ishlar, soliq, adliya va bojxona boshqarma rahbarlari tomonidan tinglandi. 

O‘tkazilgan qabullar davomida kelib tushgan jami 683 ta masalalarning yarmiga yaqini joyida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan tushuntirish va huquqiy maslahatlar berish orqali yechim topildi hamda nazoratga olindi, deyiladi Respublika ishchi guruhi ma’lumotida. Shuningdek, sudlar tomonidan probatsiya xizmatida ro‘yxatda turgan shaxslar qilmishidan pushaymonligi, jamoatchilik tomonidan berilgan ijobiy xulosalar asosida 34 nafari muddatidan avval shartli ravishda ozod etildi, 2 nafar fuqaroga ozodlikni cheklash jazosi yengilroq jazo turiga almashtirildi. 

Bag‘dod tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “Farg‘ona Spining” tikuv-trikotaj korxonasi soliq hisobotlariga oid belgilangan majburiy ajratmalaridan norozi bo‘lib murojaat qilgan edi. Ushbu masala ham joyida ko‘rib chiqilib, unga nisbatan ortiqcha qo‘llanilgan 300 million so‘m miqdoridagi mablag‘ qaytarildi.

Ota-ona farzandni dunyoga keltirdimi, uning ta’minoti birinchi o‘rindagi vazifasi sanaladi. Oila atalmish muqaddas dargohning buzilishi va moddiy ta’minlamaslik o‘z zurriyodi oldidagi mas’uliyatsizlikdir. O‘tkazilgan sayyor qabullarda viloyat prokuraturasi mutasaddilari tomonidan 30 nafar shaxsning aliment undirish yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal etildi. 

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sabablar tufayli ajrashish yoqasiga kelib qolgan 6 ta yosh oila mutasaddilar aralashuvi bilan yarashtirildi. 

Bundan tashqari, qabullar davomida fuqarolarning murojaatiga asosan materiallarni tergov organlariga topshirish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolik pasporti va xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish kabi qator masalalar ham ko‘rib chiqilib, o‘z ijobiy yechimiga ega bo‘ldi. 

Sayyor qabullar davomida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar bo‘yicha ham qator murojaatlar kelib tushgan. Shunga ko‘ra ko‘plab fuqarolar ishga joylashtirildi, 16 nafar fuqaroga moddiy yordam, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga tikuv mashinalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarga aravachalar topshirildi. 

Qabullar bilan bir qatorda Respublika ishchi guruhi vakillari Farg‘ona viloyatida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi ijrosi jarayonini ham o‘rgandi. Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh Rishton tumani “Pandigon” MFYdagi ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Xususan, o‘rganishlar jarayonida mahalladagi “Yangi hayot” ko‘chasida yashovchi 85 yoshli Enaxon Qambarovaning xonadoniga borilib, u bilan suhbatlashildi. Oilaning turmush sharoiti ko‘zdan kechirilib, davlatimiz rahbari nomidan kerakli moddiy yordam ko‘rsatildi hamda kunlik ro‘zg‘ori uchun sog‘in sigir sovg‘a qilindi. 

Respublika ishchi guruhi tomonidan ezgu maqsadli ishlar davom etmoqda. 

24.10.2023

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы