Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Yil sarhisobi: har bir murojaat ortida inson qadri bor

Mamlakatimizda katta siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy yangiliklarga boy bo‘lgan yana bir yil ortda qolmoqda. Tub o‘zgarish va yangilanishlar, shiddatli yuksalishlar bilan xotiramizga muhrlanayotgan yilga nazar solsak, xalqimizning dardu-tashvishlarini tinglab, ularga yechim topish va inson qadrini ulug‘lash yo‘lida samarali ishlar amalga oshirilgani ko‘zga tashlanadi.

Prezidentimizning virtual va Xalq qabulxonalariga yakunlanayotgan yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatidan 152 ming 704 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 144 ming 674 tasi yoki 94,7 foizi ko‘rib chiqilib, 8 ming 30 tasida o‘rganish jarayonlari davom etmoqda. Agar bu raqamni 2021 yilning shu davriga solishtirsak, o‘tayotgan yilda murojaatlar soni 22 ming 772 ta yoki 13 foizga kamaydi. Murojaatlar hududlarda yashovchi har o‘n ming kishiga nisbatan ko‘rib chiqilganda Termiz tumaniga 760, Termiz shahriga 734, Boysun tumaniga 686, Muzrabot tumaniga 636, Sherobod tumaniga 606 ta, Sho‘rchi tumaniga 602, Jarqo‘rg‘on tumaniga 571, Bandixon tumaniga 565 ta, Angor tumaniga 538, Qumqo‘rg‘on tumaniga 533, Uzun tumaniga 488, Sariosiyo tumaniga 486, Denov tumaniga 475, Oltinsoy tumaniga 457 va Qiziriq tumaniga 439 tadan to‘g‘ri kelmoqda. Ularning 10 ming 248 tasi 18 yoshgacha bolalar uchun nafaqa olishda, 7 ming 164 tasi aliment undirishda, 5 ming 312 tasi  elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, 5 ming 4 tasi muhtojlarga bir martalik moddiy yordam, 4 ming 546 tasi uy-joy bilan ta’minlash masalasida murojaat etdi.  

Aholi yashash maskanlarida ichki yo‘llarni ta’mirlash va qurish, bandlik masalasini yechish, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat, davolanishga moddiy yordam so‘rash, uy-joyni ta’mirlash va qurish uchun moliyaviy ko‘mak berish kabi masalalarda ham ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.  

Xalq bilan barcha darajadagi rahbarlar o‘rtasida o‘zaro muloqot ko‘prigi vazifasini ishonchli bajarayotgan ommaviy qabullar vohada aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib, hayotiy muhim bu masalaning yechimini topishda ham o‘z samarasini bermoqda. Bu jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turar-joy masalasini hal etishga alohida ahamiyat berildi. Masalan, o‘tgan yili boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi va ota-onasidan mahrum bo‘lganlarga alohida e’tibor qaratilib, 100 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oila uchun byudjet mablag‘larisiz, aholi uchun qulay kredit shartlari asosida Termiz shahridagi Manguzar mahallasida 1 kvadrat metri 3 million  200 ming so‘mdan qiymati 14 milliard 725 million so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli arzonlashtirilgan uy-joy qurib topshirgan edik. Ixcham, barcha sharoitlarga ega xonadonlarning boshlang‘ich to‘lovi uchun 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Muayyan ish joyi bo‘lmaganlarining bandligi ta’minlandi. Ayni paytda ularning barchasi yangi uylarda hayotidan rozi bo‘lib yashamoqda. Bu ishni joriy yilda ham davom ettirib, uy-joyga muxtoj xotin-qizlarga Termiz shahridagi Majnuntol mahallasi hududida ipoteka krediti ajratish orqali arzonlashtirilgan 100 xonadonli uy-joy bunyod etildi. Yaqin kunlarda bu uyni ham o‘z egalariga topshiramiz.  

Mazkur turar-joy binosini barpo etishda yana bir holatga ahamiyat berib, tijorat banklari, ishchi guruh hamda deputatlar “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”da turuvchi xotin-qizlarning 78 nafariga xulosasi asosida viloyat Xalq deputatlari kengashining sessiyasi qarorlari bilan banklarda ochilgan omonat hisob-raqamlariga 1 milliard 936 million so‘m boshlang‘ich mablag‘i to‘lab berildi. Masalan, bir farzandning onasi Nigina Davxanova ikki yil turmush qurib ajrashgan. Termiz shahridagi Bog‘zor mahallasida onasi bilan yashaydi. Fuqaroning ipoteka krediti asosida uy olish uchun boshlang‘ich to‘loviga homiylik yordami ko‘rsatishni so‘rab qilgan murojaati o‘rganiganida bir xonadonda uch oila yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Uning yashashi va oilaviy sharoiti ishchi guruh tomonidan o‘rganilgach, uyning boshlang‘ich to‘lovi uchun fuqaro N.Davxanovaga yigirma sakkiz million so‘m ajratib berildi.  

Davlatimiz rahbari g‘oyasi bilan tashkil etilgan ochiq muloqotlar vohaning olis va chekka hududlarida yashayotgan aholi muammolariga yechim topishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli bo‘lmoqda. Misol uchun, Boysun tumani viloyatning tog‘li va chekka hududlaridan biri sanaladi. Bundan besh-olti yil muqaddam tog‘lar orasidagi qishloqlar aholisidan rahbarlar “holingiz ne kechayapti, nima muammongiz bor”, deb so‘rashni hayoliga keltirmagan. Endilikda katta-kichik rahbarlar ana shunday olis qishloq odamlarining ham dardu-tashvishini tinglab, ular o‘rtaga tashlayotgan masalalarni hal etmoqda. Joriy yilda Boysun tumanining o‘zida birgina yo‘l ta’miri bilan bog‘liq murojaatlarni hal etish uchun 90 kilometrdan ortiq tuproq yo‘l ta’mirlanib, shag‘al yotqizildi. Bu bilan olis va tog‘li hududlarda yashovchi aholining noqulay yo‘llarda yuzaga keladigan qiyinchiliklari bartarf etildi.  

Keling, gapimiz quruq bo‘lmasligi uchun bitta misol keltiraylik: Tog‘li tumandagi O‘rta Machay mahallasining Gaza va Xo‘jadiyak qishloqlarida yashovchi aholi uzoq yillar davomida bir necha kilometr masofadagi tuproq va loy yo‘llardan yurib asosiy yo‘lga o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelishgan. Gaza qishlog‘idagi 5 kilometr, Xo‘jadiyak qishlog‘idagi 4 kilometr masofadagi tuproq yo‘llarning shag‘allanishi 200 dan ortiq xonadonda yashovchi mingdan ziyod fuqaroning yo‘l bilan bog‘liq muammolarini hal etdi.  

Mavridi kelganda shuni aytish lozimki, ayrim hollarda aholi muammoli masalasi bo‘yicha tegishli soha tashkilotining o‘ziga bevosita bir necha marta murojaat etib ijobiy natija ololmayotgan holatlarga ham duch kelinmoqda. Natija bo‘lmagach ular Xalq qabulxonasiga yoki sayyor qabullarda murojaat etishga majbur bo‘layotir. Jumladan, Boysun tumanidagi To‘da mahallasida yashovchi Rustam Hamidovning yashash xonadoni asosiy elektr tarmog‘idan 150 metr uzoqlikda joylashgani va xonadoniga elektr tarmog‘i tortilmaganligi tufayli ushbu masalada tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qilgan murojaatlari natijasiz qolgan. Oqibatda uning bizga qilgan murojaati Xalq qabulxonasi nazoratiga olinib, fuqaroning xonadoniga elektr tarmog‘i tortilishi va elektr energiyasidan bahramand bo‘lishi ta’minlandi. Kosiblar mahallasida yashovchi Temur Xudoyqulov sayyor qabulda imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati Xalq qabulxonasining nazoratida o‘rganilib, “Agrobank” ATB Boysun filialidan issiqxona qurish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit olib berildi. Chorchinor mahallasida yashovchi Davlatbek  Erkinovning nogironlik guruhini belgilash, Xo‘jabulg‘on mahallasida yashovchi Dildora Esanovaning farzandini nogironlik guruhiga chiqarish bo‘yicha qilgan murojaatlari Xalq qabulxonasining nazorati ostida o‘rganilib, ijobiy hal etildi.  Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.  

Xalqimiz o‘rtaga tashlayotgan bunday masalarlar kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Bu muammolar ildizi uzoq yillarga borib taqaladi. Biroq, so‘nggi yillarda odamlarni hayotidan rozi bo‘lib yashashiga qaratilayotgan yuksak e’tibor aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratishda muhim omil bo‘lmoqda. Zero, har bir murojaat ortida inson qadri turibdi. Shunga muvofiq, “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da viloyatda ko‘rib chiqilgan aholi murojaatlarining 126 ming 569 tasi yoki 87,4 foizi qanoatlantirildi. 18 ming 105 tasi yoki 12,6 foizaga  tegishli tushuntirish berildi. Bunday ulug‘vor ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q. Adolatli jamiyat va to‘kin, obod turmush barpo etishga mashaqqatli mehnat bilan erishilayotganini xalqimiz ham qalban his etib turibdi.  

Bularning barchasi “Inson qadri uchun”, degan ezgu g‘oyaning amaldagi samarasi va jamiyatimizda barchaga birdek mehr-oqibat ko‘rsatilayotganining yorqin ifodasidir. Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklayman. Vatanimizga tinchlik, fidoyi xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi ulkan ishlariga omad, sog‘lik, xonadonlariga fayzu–baraka tilayman.  

 

Abdulhakim Eshmuratov,  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri,  

Xalq deputatlari  

viloyat kengashi deputati  

30.12.2022

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Февраль 202421 Февраль 2024Республика Каракалпакстан
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Февраль 202426 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Февраль 202423 Февраль 2024Самаркандская область
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Январь 202424 Февраль 2024Бухарская область
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Октябрь 202323 Февраль 2024Ташкентская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область

полезные ресурсы