2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullarda ko‘rilayotgan muammolar o‘z yechimini topyaptimi?

Konstitutsiyamizning 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi belgilab qo‘yilgan.

Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.  

Aynan mana shu tamoyil asosida keng jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish, xalq bilan muloqot qilish, joylardagi muammolarni aniqlash, qaysi sohada kamchiliklar kuzatilayotganini bilish maqsadida poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Toshkent shahar Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari aholi muammolarini o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganib chiqdilar.

Qabul davomida 100 ga yaqin fuqarodan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga doir hamda shaxsiy muammolari yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.  Ushbu murojaatlarni o‘rganib, bartaraf etish yuzasidan tumanning tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

– II guruh nogironiman, uch nafar farzandim bor. Ikkala o‘g‘limni uy-joyli qilganman. Yaqinda qizim turmushi o‘xshamay bir nafar farzandi bilan qaytib keldi. Qizim ishlayapti va turmush o‘rtog‘i tomonidan aliment to‘lab berilyapti. Uyga muhtojmiz. Arzon uy-joy bilan ta’minlash yuzasidan murojaat qildim, – dedi fuqaro Muhabbat Rahmonberdiyeva. – Agarda uy ajratilsa, tezroq bu muammo bartaraf etilardi degan umiddaman.

– Mening nogiron qizim bor, uni 2012 yilda Jizzax viloyatida joylashgan “Muruvvat uyi”ga joylashtirganman. Yaqinda borganimda u yerda sharoitlar og‘ir, xonalar sovuq va zax ekanligining guvohi bo‘ldim. Yoshim 60 ga borayotganligi sababli qizimning ahvolidan xabar olishga qiynalyapman. – dedi tumandagi Yusuf Xos Xojib ko‘chasida yashovchi fuqaro A. Sauranbekova. – Afsus, poytaxtimizda hozirgi kunda ayollar “Muruvvat uyi” yo‘q ekan.  

Bu murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  vazirligi huzuridagi tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi bilan bog‘lanilib, yaqinda poytaxtimizda ham 300 o‘rinli nogiron ayollar uchun yangi bino qurilishi masalasi ko‘rilayotganligiga aniqlik kiritildi.

– Men 2013 yilda pensiyaga chiqqanman. Yakkasaroy tumani BTPJ tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Natijada ortiqcha to‘lov  hisoblangan va aynan shu to‘lovni undirish uchun tuman pensiya jamg‘armasi 2019 yilda qaror chiqargan. bugungi murojaatim shundan iboratki, ortiqcha to‘lov mening pensiyamdan ogohlantirishsiz ushlab qolinganligi,  chiqarilgan qaror haqiqiy emasligi haqida tuman BTPJ ga bir necha marta murojaat qildim. Ammo hech qanday chora ko‘rilmadi, – dedi fuqaro Ma’mura Ganiyeva. – Hozirgi pandemiya sharoitida oilamda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.  

Muammo uchun javobgar bo‘lgan tashkilotlar bu masalaga oydinlik kiritishi va hal etilishi yuzasidan fuqaroga o‘z fikrlarini bildirdilar.

24.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar