2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Olmazorliklarni qanday muammolar qiynamoqda?

Turin politexnika universitetida Toshkent shahar Olmazor tumani fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmazor tumanidagi Xalq qabulxonasi, tuman sektor rahbarlari, turli davlat tashkilot va korxonalarning mas’ullari yuzdan ortiq fuqaro bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Olmazor tumanida 300 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan 115 mingdan ortig‘ini yoshlar, 192 mingdan ortig‘ini esa xotin-qizlar tashkil etadi. Hududda 10 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi istiqomat qiladi.

Sayyor qabulda fuqarolar uy-joy, bandlik, kommunal sohaga oid murojaatlar, shuningdek, transport qatnovida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga murojaat qildi.

Ana shunday fuqarolardan biri Shahnoza Sobirova mutasaddilardan ish so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati joyida qanoatlantirilib, tumandagi 15 oilaviy poliklinikaga hamshiralikka ishga qabul qilindi.

- Mutaxassisligim hamshira. Yetti yildan buyon uyda ishsizman. Ish so‘rab bormagan tashkilotim qolmadi, - deydi Shahnoza. – Tumanimizda sayyor qabul bo‘layotganini mahallamizdan eshitib kelgandim. Tumanimizdagi 15 oilaviy poliklinikaga hamshiralik lavozimiga hujjatlarimni topshirib, ish boshlashim mumkinligini aytishdi. Bu kabi sayyor qabullar ko‘p bo‘lsa, biz kabi fuqarolarning muammolariga yechim topilardi.

Shu tumanda yashovchi Sharof Muslimov esa 3,5 sotixli hovlida 3 ta oila, ya’ni 20 nafar oila a’zolari bilan birga yashashini, bitta hovliga tiqilib qolgani uchun bir o‘g‘li ijaraga uy olib, ijarada yashayotganini, shu vaqtga qadar farzandlariga uy-joy ajratish masalasida bir necha bor murojaat qilganini, ammo murojaatlari qanoatlantirilmaganini aytdi. Ushbu murojaat Olmazor tumani Xalq qabulxonasi mas’ullari tomonidan nazoratga olindi.

Sayyor qabulda yuzga yaqin fuqarolarning murojaatlari tahlil etildi. Murojaatlarning aksariyati uy-joy qurish uchun yer ajratish, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, bank-moliya, soliqqa tortish, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, sog‘liqni saqlash, obodonlashtirish, kommunal xo‘jalik, yo‘llarni ta’mirlashga oid bo‘ldi.

Murojaatlarning 40 foizi joyida ijobiy hal etildi, Ma’lum muddat talab qiladigan qolgan qismi bo‘yicha esa tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

24.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar