2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident maslahatchisi Namanganda yosh olimlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov Namangan davlat universitetida bo‘lib, yosh olimlar bilan uchrashdi.

Bugun O‘zbekiston taraqqiyoti bevosita ta’lim va tarbiyaga bog‘liq. Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida bu ikki ajralmas muhim bo‘g‘inga mustahkam poydevor yaratish, iste’dod sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod vakillarini jahon miqyosida kuchli mutaxassis etib shakllantirishdek ezgu maqsadlar mujassamdir.

Muloqotda Prezidentimizning 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati, unda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, har bir professor-o‘qituvchilarning bu jarayonlarda faol ishtiroki haqida so‘z bordi.

Davlat rahbarining maslahatchisi o‘z so‘zida bugungi kunda oliy ta’lim tizimida yechimini kutib turgan muammolar haqida to‘xtaldi. Qayd etilganidek, oliy o‘quv yurtlarini tubdan isloh qilish, har bir bitiruvchi talaba mehnat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi zarur. U chuqur bilimli va hayotda o‘z o‘rnini topishga yo‘naltirilgan bo‘lsagina, oliy ta’lim tizimi o‘z oldiga qo‘ygan vazifani uddalagan bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo, professor-o‘qituvchilar talabaga bilim berish jarayonlarida innovatsion usullarni joriy etishlari kerak.

Prezidentimiz raisligida joriy yilning 30 oktyabr kuni mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yangicha dunyoqarashni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Oliy ta’lim tizimi endilikda yangicha dunyoqarash bilan faoliyat olib borilsagina, ta’lim sifati o‘zgaradi. Byudjet mablag‘lari bilan bir qatorda universitet moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun turli ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarni shakllantirish, qo‘shimcha mablag‘ topish imkoniyatlarini qidirish, bozorni chuqur o‘rganish, xalqaro kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, universitet brendini yaratish, eng zamonaviy texnologiyalarni ta’limga jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, turli ishlab chiqarish yo‘nalishlari, yosh olimlarning ixtirolarini universitetning o‘zida hayotga tatbiq etish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash lozim.

- Yosh olimlar o‘z hududlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy ishlarini amalga oshirsalar, shu hududning kelajagini yaratishda o‘z munosib hissalarini qo‘shgan bo‘lishadi. Dunyoning rivojlangan oliy ta’lim muassasalari reytingi bitiruvchilarni nufuzli kompaniyalarda ishlashi va qancha pul topishi bilan o‘lchanadi. Ulardagi raqobat ana shunda. Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari ham ana shu reyting ko‘rsatgichlarini rivojlantirsagina, O‘zbekiston va dunyo bozorida o‘ziga yarasha o‘rin egallaydi, - dedi Prezident maslahatchisi.  - Tahlil etadigan bo‘lsak, 126 oliy ta’lim muassasasiga joriy yilda 1 million 300 ming nafar yoshlar hujjat topshirdi. Ajratilgan qabul kvotasi esa 145 mingni tashkil etdi. Agarda biz yana eskicha qarashlar bilan ta’lim-tarbiya tizimiga yondashsak, umuman to‘g‘ri kelmaydi. Yurtimizdagi xorijiy kompaniyalarda, tashkilot va korxonalarda bitiruvchilar samarali faoliyat yuritishlari muhim. Oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari maktablarga ham yordam qo‘lini cho‘zishlari lozim. Chunki oliy ta’lim tizimi qabul qilib olayotgan abituriyent ana shu maktabning bitiruvchisidir. Professor-o‘qituvchilar ana shu bosqichda maktab bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysalar, tizimda uzilishlar bo‘lmaydi. Shundagina biz o‘zimizni o‘zgartirgan bo‘lamiz.

Uchrashuvda Prezident maslahatchisi universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

20.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar