Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Navoiy viloyati: Adliya murojaatlarning 66 foizini ijobiy hal etdi

Adliya organlari tizimida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Adliya organlari tizimida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. 

 

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyati Navbahor tumani “Dul-dul” qishlogʻida boʻlib oʻtdi.

 

Muloqot jarayonida qishloq ahlisini qiynab kelayotgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi masalalari yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Qishloq fuqarolarining soʻzlariga koʻra, hududda elektr energiyasi oʻtkazgichlari nosoz holatda, ular oʻz vaqtida qoʻlbola tayyorlangani bois bugungi kunda elektr simlari daraxt shoxlariga oʻralashib qolgan. Muloqotda fuqarolarning mehnat munosabatlari, yoshga doir pensiyaga chiqish va tugʻilganlik haqida guvohnoma olish bilan bogʻliq murojaatlari ham ish yurituvi uchun qabul qilindi.

 

Ozoda Islomova tugʻilganlik haqida guvohnoma olishda amaliy yordam soʻrab tuman adliya boʻlimiga murojaat qilgan. Gap shundaki, fuqaro joriy yilda yoshga doir pensiyaga chiqishi lozim. Ota-onasi oʻz vaqtida FHDYO boʻlimidan roʻyxatdan oʻtmasdan yashab kelgan. Keyinchalik ham turli oilaviy muammolar, eʼtiborsizlik sabab fuqaro shu kunga qadar tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olmagan.

 

– 1986-yilda turmushga chiqqanman. Hozirda besh nafar farzandim bor. Davlat ishida ishlamaganman. Bugun oramizda boʻlmasada, umrimning 15 yilini nogiron farzandimga bagʻishladim. Turmush tashvishlari bilan boʻlib tugʻilganlik haqidagi guvohnoma hayotim davomida kerak boʻlishi mumkinligini oʻylab ham koʻrmaganman. Ayniqsa, u pensiyaga chiqishda juda kerak ekan, – deydi O.Islomova.

 

Ayni paytda fuqaro guvohnomasini olish, nafaqaga chiqish uchun hujjatlarini tayyorlamoqda.

 

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, shu kunga qadar loyiha doirasida adliya organlari tomonidan viloyatda 587 ta oila oʻrganildi. Fuqarolardan 77 ta murojaat qabul qilinib, shundan 51 tasi yoki 66 foizi ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar oʻrganish jarayonida.

 

07.11.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar