2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim fuqarolar murojaatini oʻz joyida hal etdi

“Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalqimiz oʻz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak”.

Prezidentimizning ushbu soʻzlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, taʼbir joiz boʻlsa, ularning gʻoyaviy oʻzagiga aylandi. Zarafshon shahrida ham aholining hayotiy talab va ehtiyojlarini taʼminlash, odamlarni rozi qilish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh gʻoyalar asosida olib borilmoqda.

 

Shaharning chekka hududlaridan biri hisoblangan Muruntau mahallasidagi 951 xonadonda 3 ming 564 nafar aholi istiqomat qiladi. Keyingi yillarda mahallada oilaviy va xususiy tadbirkorlik borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi.

 

Zarafshon shahar hokimi, birinchi sektor rahbari Anvar Radjabov Muruntau mahallasida xonadonma-xonadon yurib, mahalla ahlining hayoti, turmush tarzi bilan tanishdi. Odamlarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi, fuqarolar bilan muloqotlar oʻtkazdi.

 

Shahar hokimi turli muammolardan aziyat chekayotgan, ishga joylashtirish, uy-joyni taʼmirlash, tibbiyot, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qilgan fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi, mavjud muammolarni imkon qadar shu yerning oʻzida hal etdi.

 

Ochiq va samimiy kechgan uchrashuvlarda shahar hokimi yuzga yaqin fuqarolar bilan muloqot qildi.

 

– Yoshim ellik yettida, birinchi guruh nogironiman, – deydi fuqaro Oliya Gʻaniyeva. – Shahar hokimi yashash sharoitimiz bilan tanishib, sogʻligimni tiklashim va yana-da mustahkamlashim uchun sihatgohga borishda amaliy yordam bermoqda. Ochigʻi, buni kutmagan edim, bunday eʼtibordan boshimiz koʻkka yetdi.

 

Shu kuni shahar hokimi turmush sharoiti ogʻir boʻlgan bir qator oilalarning uy-joylarini taʼmirlab berish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berdi. Yaqin kunlar ichida ularning uy-joylari taʼmirlab beriladigan boʻldi.

 

Shuningdek, birinchi sektor rahabari tomonidan kam taʼminlangan, ogʻir sharoitda yashayotgan 20 ta oilaga moddiy yordam sifatida oziq-ovqat maxsulotlari jamlanmalari berildi. Mahalladagi 5-umumtaʼlim maktabining iqtidorli oʻquvchilariga shahar hokimi tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.

 

Uchrashuv davomida fuqarolarning 20 dan ortiq murojaatlari shu joyning oʻzida ijobiy hal etildi, qolgan masalalarni hal etish boʻyicha mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

photo_2020-10-23_09-35-25.jpg

photo_2020-10-23_09-35-26.jpg

photo_2020-10-23_09-35-28.jpg

photo_2020-10-23_09-35-31.jpg

26.10.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi

Foydali resurslar