Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, viloyat 4-sektor rahbari R. Nasimov Navoiy shahrining chekka hududida joylashgan “Tinchlik” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazdi.
Shahar hokimi oʻrinbosari, prokurori, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, ichki ishlar idoralari, hududdagi korxona, tashkilot rahbarlari, tijorat banklari mutasaddilari ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolarning imtiyozli kreditlar olish, ichimlik suvi, yoʻl, bandlikka koʻmaklashish, nafaqa taʼminoti bilan bogʻliq masalalar boʻyicha murojaatlari oʻrganildi.
–Oʻgʻlim va kelinim qoʻlida hunari boʻlsada, hozirda ishsiz, - deydi fuqarolardan biri Hakima Davronova. – Ularni ish bilan taʼminlashda yordam soʻrab sektor rahbariga murojaat qildim. Juda xursandman, murojaatim tez kunda hal etiladigan boʻldi. Nasib etsa, oʻgʻlim ham, kelinim ham ishli boʻlib, oilamizga yordami tegadi, jamiyatimiz farovonligi uchun xizmat qiladi.
Uchrashuv soʻngida hududda istiqomat qiluvchi 2 nafar nogiron fuqaro holidan xabar olinib, ularga maxsus aravacha va oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Shuningdek, mahalladagi 8 ta ehtiyojmand oilaga ham oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Mahalla yoshlari uchun 50 ga yaqin kitob hamda shaxmat va shashka, koptok va boshqa sport anjomlari ulashildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Уй-жой билан таъминлаш | Xalq qabulxonasi | 10 Avgust 2019 | 17 Sentabr 2019 | Toshkent viloyati |
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендлар | Ishonch telefoni | 7 Sentabr 2019 | 16 Sentabr 2019 | Qashqadaryo viloyati |