2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Majburiy mehnat boʻyicha milliy monitoring oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasida 2020-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun sharoit yaratish, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida yurtimizda bolalar mehnatiga butunlay barham berildi. Majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi. Ularning ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Bu borada Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mana bir necha yildirki, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun sharoitlar yaratilishi, bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanmaslik yuzasidan Milliy monitoring oʻtkazib kelinmoqda.

 

Brifingda bu yilgi Milliy monitoring Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan chora-tadbirlarga asosan oʻtkazilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

 

Qayd etilganidek, Milliy monitoring pandemiya sharoitini hisobga olgan holda oʻtgan yillarga nisbatan yana-da takomillashtirilgan holda tashkil etilmoqda. Mazkur monitoring Federatsiya tomonidan Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga aʼzo boʻlgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida oʻtkaziladi. Shuningdek, unda ishtirok etish uchun xalqaro kasaba uyushmalari markazlari vakillari ham taklif etilgan.

 

Monitoringni oʻtkazishdan asosiy maqsad – paxta yigʻim-terimi ishlarida 18 yoshga toʻlmagan shaxslarning, oʻquvchi va talabalarning, byudjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, pandemiya sharoitidagi paxta yigʻim-terimi mavsumida terimchilar uchun yetarli sharoitlar yaratilganini baholash, qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun tegishli miqdorda mehnat haqi toʻlanishini nazorat qilish, fermer xoʻjaliklari xodimlari bilan mehnat shartnomasi, fuqarolar bilan mustaqil ravishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnomalar tuzilganligini nazorat qilishdir.

 

Milliy monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari koʻriladi hamda monitoring yuzasidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasiga muntazam axborot berib boriladi.

 

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan hududiy monitoring guruhlari tuzilib, ular tarkibiga kasaba uyushmalari tashkilotlari hududiy birlashmalari xodimlari, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining joylardagi aʼzo tashkilotlari vakillari kiritildi.

 

Eslatib oʻtish joizki, xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldini olishga oid qayta aloqa mexanizmi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimida tashkil etilgan boʻlib, mavsum davomida uzluksiz ravishda kechayu-kunduz ishlaydi. Bunda 10-92 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”, internet saytlar, telegramm ijtimoiy tarmogʻi imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. 

 

Bu haqda kasaba uyushmalari tomonidan respublikaning barcha hududlaridagi tuman, shahar markazlariga 400 ta banner, korxona, tashkilot, muassasalar hamda odam gavjum boʻladigan joylarga 10 mingta plakat joylashtirildi, 200 mingta flayer tayyorlanib, aholi vakillariga tarqatildi.

 

Milliy monitoring davrida oʻrganish natijalarini oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi va monitoring yakunlari toʻgʻrisida dekabr oyida Xalqaro mehnat tashkiloti bilan birgalikda oʻtkaziladigan davra suhbatida batafsil eʼlon qilinadi.

23.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar