Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Moddiy yordam mablagʻlarini berish boshlandi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash xalqimizga xos fazilatlardan.

Prezidentimizning joriy yil 26-avgustda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qiynalgan odamlar qalbiga umid, shukronalik tuygʻularini olib kirdi. Zero, koronavirus pandemiyasi davrida kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga dalda boʻlish yoʻlidagi xayrli amallar yana-da koʻpaymoqda.

 

Joylarda mazkur qaror ijrosini taʼminlash, nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga, boquvchisini yoʻqotgan oilaning 16 yoshgacha boʻlgan farzandlariga, “temir daftar” ga kiritilgan ehtiyojmand va koʻmakka muhtoj oilalarning 16 yoshga toʻlmagan bolalari uchun ajratilgan moddiy yordam mablagʻlarini berish boshlandi.

 

Fargʻona shahridagi “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻinida ijtimoiy himoyaga muhtoj 131 nafar fuqarolarga moddiy mablagʻlar naqd pul koʻrinishida, oilalar kesimida xonadonlarga olib borib berilyapti.

 

— Mehr, saxovat yoʻlida tashabbus koʻrsatib kelayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz, — deydi Sakkokiy koʻchasi, 3-uyda istiqomat qilayotgan Natalya Xodjiboyeva. — Uch nafar voyaga yetmagan farzandlarim bor. Toʻngʻich oʻgʻlim bolalikdan nogiron. Bizning oilaga 1 million 500 ming soʻm bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi. Bu mablagʻlarni farzandlarim ehtiyoji uchun oʻquv qurollari, kiyim-kechak olishga sarflayman.

 

Ikkinchi guruh nogironi Xolisxon Qodirova mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oila sifatida “temir daftarga”kiritilgan. Qaramogʻida voyaga yetmagan 2 nafar farzandi bor. Qarorga koʻra, Husan va Fotimalarga 500 ming soʻmdan pul mablagʻlari berildi.

17.09.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar