Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov koronavirus pandemiyasi tufayli qariyb olti oylik tanaffusdan soʻng yana joylarda sayyor qabullarni oʻtkazishni boshladi.
Dastlabki shunday tadbir 5-sentyabr kuni viloyatning eng olis Paxtachi tumanida oʻtkazildi.
Aholining tadbirkorlik uchun yer va kredit, uy-joy, kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash bilan bogʻliq 350 dan ortiq murojaatlari shu yerning oʻzida viloyat sektor rahbarlari, tegishli boshqarma va idoralar masʼullari ishtirokida oʻrganildi. Vaqt talab qiladigan masalalar uchun aniq muddat belgilanib, ijroga masʼullar tayinlandi.
Jumladan, Yangiobod va Qirguli mahallasiga temir yoʻldan ostidan oʻtuvchi yer osti yoʻli yoritilmasligi, “Paxtachi goʻzali” savdo majmuasining koʻrkini buzib turgan eski binolarni olishga toʻsqinlik qilayotganlarga chora koʻrish, suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berishdagi muammolarga tezkor yechim topildi. Moychechak dorivor oʻsimligi yetishtirmoqchi boʻlayotgan fuqaroga zarur yordam koʻrsatish toʻgʻrisida mutasaddilarga aniq vazifa berildi.
7-sentyabr kuni esa Samarqand shahrida oʻtkazilgan sayyor qabulga ham nafaqat shahar aholisi, balki viloyatning boshqa hududlaridan ham yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Jumladan, Qoʻshrabot tumanidan II guruh nogironi boʻlgan ayol oyogʻini operatsiya qilib, endoprotez qoʻyishda yordam soʻradi. Javob qisqa va loʻnda boʻldi: tegishli mutasaddilar bu ishni 10 kun ichida amalga oshiradi.
Qabul davomida ayni shu masalada Samarqand shahridan yana bir fuqaro ham murojaat qildi. Unga ham viloyat byudjetidan ajratilgan mablagʻ asosida jarrohlik amaliyoti bilan endoprotez oʻrnatiladigan boʻldi.
Sayyor qabul davomida tibbiy xizmat bilan bogʻliq 15 ta murojaat boʻldi. Ularning har biri boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Samarqand shahridagi sayyor qabulda 475 ta murojaat tushdi va ularning har biri nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |