Prezidentimiz tashabbusi bilan “Obod qishloq” dasturining hayotga tatbiq etilishi xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish bilan birga elning orzu-maqsadlari ro‘yobi, ertangi kunga ishonchini ham mustahkamladi.
Dastur asosida dastlab Oltiariq tumanida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishga erishildi. 15 ta brigada quruvchi-ishchilari tomonidan 8 kilometrlik yo‘l ta’mirlanib, atrofidagi uylar tomlari va devorlari bo‘yaldi, 3 kilometrlik yo‘l asfalьtlandi. Quruvchilarimiz tomonidan xuddi shunday obodonchilik ezgu- tadbirlari O‘zbekiston tumani mahallalarida ham olib borildi.
Faoliyatimiz ko‘lami nafaqat “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida, balki, ulkan bunyodkorlik jarayonlarida ham namoyon bo‘ldi. Marg‘ilon shahridagi Ijodkorlar bog‘ining qaytadan barpo etilib, foydalanishga topshirilishida quruvchi-ishchilarimizning katta mehnati bor. 400 nafarga yaqin quruvchilarimiz kecha-yu kunduz bog‘ ichidagi Erkin Vohidov nomli uy-muzeyi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi binosi, Yosh iste’dodlar maktabi, 50 o‘rinli yotoqxona, 1600 o‘rinli amfiteatr, “Nuroniylar maskani”, 20 o‘rinli mehmonxona va favvoralarni g‘ayrat va shijoat bilan qurib bitkazishdi.
Ayni paytda 2 ta brigada ishchilari shahardagi 4-umumta’lim maktabi binosida rekonstruktsiya ishlarini nihoyasiga etkazishyapti.
Farg‘ona shahridagi harbiy qismda joylashgan Autsorsing tizimidagi askarlar oshxonasi mukammal ta’mirlanib, yangi 100 ta ishchi o‘rni yaratildi. Farovonlik ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasini yangitdan qurishga kirishildi. Shahar hududida yangi bolalar sport kompleksi qurilishi ishlari tez sur’atlarda davom etmoqda.
Bunyodkorlik, obodonchilik ishlari bilan bir qatorda aholining og‘zaki ariza va murojaatlari o‘z vaqtida qondirilayotgani el qalbida shukronalik hislarini uyg‘otmoqda. Yozyovon tumanidagi Guliston MFY Cho‘liobod ko‘chasida istiqomat qiluvchi T.Homidovaning oilaviy sharoiti og‘irligi tufayli korxonamiz tomonidan qurilish materiallari olib kelinib bir xonali uyi bitkazib berildi.
Yangi Bo‘ston MFY, A. Navoiy ko‘chasi 14-uyda yashovchi fuqaro O‘. Qurbonovaning uyi ta’mirlab berildi. Porloq MFY, Tolibbog‘i ko‘chasida yashovchi O. Abduvohidovaga bir xonali uy qurib berildi. Bahor MFY, Sarchashma ko‘chasidagi Sh. Hakimovaning hovlisi atrofi yillar davomida o‘ralmagan edi. Hovliga qurilish materiallari keltirilib, ishchi-ustalar tomonidan hovli devori qurildi.
Joriy yilning mart oyidan iyulь oyiga qadar Qo‘shtepa tumani, Marg‘ilon shahridan 20 nafar fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlari qondirildi.
Qo‘shtepa tumanilik Salomatxon Umrzaqova, Sardor Odiljonov, Hayotbek G‘ulomov, Yursunjon Kenjaev, Dildora Xo‘janovalarga nogironlik aravachalari topshirildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi asosidagi bunyodkorlik ishlarini mazmunan keng miqyosda davom ettirar ekanmiz, bu borada erishgan muvaffaqiyatlarimiz aziz O‘zbekistonimizning 27 yillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |