Sirdaryo viloyati tuman va shahar hokimliklari, sektor rahbarlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida viloyat hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamidan 7721 ta oilaning 30507 nafardan iborat a’zolari yangidan shakllantirilgan "Temir daftar" ro‘yxatiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatdagi Xalq qabulxonalari tomonidan yangi shakllantirilgan "Temir daftar" ro‘yxatiga kiritilgan har bir oilaning haqiqiy ahvolini o‘rganish orqali ro‘yxatga asosli kiritilganligi holatlari hamda tarqatilayotgan pul mablag‘larining o‘z egalariga to‘liq va o‘z vaqtida etib borilishi kunlik o‘rganib borilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Guliston tumanidagi Xalq qabulxonasi xodimlari tomonidan yangi shakllantirilgan "Temir daftar" kiritilgan 731 ta oilaning 2731 nafardan iborat a’zolariga ajratilgan 600 mln 820 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam pullarini tarqatilishi bevosita joylarga chiqib monitoring qilindi.
Xususan, tuman hududidagi «Yulduz» va «Soyibobod» mahallalarida moddiy yordam pullarini o‘z egalariga to‘liq va o‘z vaqtida tarqatilishi o‘rganib chiqildi. Ajratilayotgan bir marotabalik moddiy yordam pullarini olayotgan fuqarolar tomonidan berilayotgan bir martalik moddiy yordam pullari uchun o‘z samimiy minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.
Bu kabi ishlar viloyatning barcha hududlarida olib borilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |