
Davlatimiz rahbarining farmoniga asosan Andijon tumanida ham moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan yordam pullari oʻz egalariga topshirilmoqda.
Tuman hokimi Ulugʻbek Isomiddinov rahbarligidagi tumandagi qator mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi aholiga 220 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam pullari berildi.

– Oʻzim 3-guruh nogironiman, – deydi Qoʻshariq mahallasida yashovchi Xayrullo Soliyev. – Karantin sabab turmush oʻrtogʻim ham vaqtincha ishsiz, ikki nafar farzandimiz bor. Shu sabab turmushda ancha qiynalib qoldik.
Prezidentimizning farmoniga asosan, oilamizga ham moddiy yordam puli berildi. Mana shunday ogʻir damda koʻrsatilgan yordam koʻnglimizni togʻday koʻtardi.

Tumanda Prezident farmoni ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar davom etmoqda. Pullarni egalariga yetkazish jarayonlarida tuman hokimi, sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Viloyatdagi barcha tuman va shaharlarda bir martalik moddiy yordam pullarini berish belgilangan tartiblar doirasida, shaffoflik asosida davom etmoqda.

| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |