
O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jaev mamlakatda besh yillik «Obod mahalla» dasturi qabul qilinishi, u shaharlarning qiyofasini o‘zgartirishi kerakligini ma’lum qildi.
"Yaqin kunlar ichida yangi dasturni ko‘rasizlar. U "Obod mahalla" deb ataladi", — dedi Xo‘jaev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi xalqaro konferentsiyada.
Vazir dasturga xarajatlar 12—15 trillion so‘mga baholanayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Dastur mamlakat sanoat ishlab chiqarishining qariyb 54 foizini tashkil etayotgan asosiy 30 shaharning «tashqi qiyofasini yangilash»ga qaratilgan.
"Qabul qilinadigan tadbirlar aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak", — dedi Xo‘jaev.
O‘zbekistonda «Obod qishloq» nomi ostida shu kabi dastur amalga oshirilmoqda. U uzoq aholi punktlaridagi hayot sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Masalan, 2018 yilda mamlakatning 174 ta tumanidagi 368 mahalla hududini kompleks yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |