2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sektor rahbarlari yoshlar muammolarini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan iyun «Yoshlar oyligi» deb e’lon qilinishi munosabati bilan Jizzax viloyatida to‘rtta sektor rahbarlari o‘z hududlarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvlari ko‘plab echilmay kelgan muammolar hal etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Viloyat 3-sektor rahbari, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Qodirovning unvoniga nisbat berilib «General va yoshlar» deb nomlangan uchrashuv ham shunday foydali tadbirlardan biri bo‘ldi. Ichki ishlar profilaktik hisobida turuvchi 30 nafar yosh, profilaktik hisobda turuvchi 70 nafar voyaga etmaganlar hamda barcha tumanlardan yoshlar onlayn tarzda ishtirok etgan uchrashuv taklif va fikr-mulohazalarga boy bo‘ldi.

Uchrashuv davomida 12 nafar yosh profilaktik hisobdan chiqarildi. 4 nafar profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmagan yoshlar “Asia school” xususiy maktabiga o‘qishga joylashtirildi. Ularning maktab badal pullari viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng Jizzax shahridagi «O‘rda ekologik bog‘i»ning «Vatanparvarlik» majmuasiga ishtirokchilarning sayohati tashkil etildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan “Asia School” xususiy maktabida bo‘lgan uchrashuv ham shunday qiziqarli va foydali kechdi. Uchrashuvda tumanlardan onlayn aloqa orqali ishtirok etgan yoshlar sport, ta’lim, iqtisodiyot, ijtimoiy sohalarda duch kelayotgan muammolar yuzasidan savol, taklif va iltimoslariga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi hamda viloyat tashkilotlari mutasaddilari javob berdi, bir qancha muammolar shu erning o‘zida hal etildi.

G‘allaorol tumanida yoshlar uchun barcha qulayliklarga ega kutubxona tashkil etish, Zomin, Zafarobod hamda Jizzax shahrida bir qator maktablarga «5 ta tashabbus» doirasidagi jismoniy tarbiya va sport, IT texnologiyalari, kitobxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiyalar kiritish kabi masalalarni hal etish tegishli tashkilotlarga yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda yoshlar bilan suhbat ancha erkin va samimiy ruhda kechdi.

– Telefon raqamimni yozib oling. Qanday masalada, qaysi sektor hududida bo‘lishingizdan qat’iy nazar menga 24 soat davomida murojaat qilishingiz mumkin, – dedi ichki ishlar boshlig‘i uchrashuvda yoshlarga murojaat qilib.

«Jizzax plastmassa zavodi» AJda 4-sektor rahbari viloyat davlat soliq boshqarmasi Yunusjon Nasimdjanov «Yoshlar oyligi» doirasida hudud yoshlari bilan uchrashdi. Zavodning ishchi pavilonida tashkil etilgan studiyada 40 nafardan ziyod yosh tadbirkorlar, “Zoom” platformasi orqali barcha tumanlardan 400 nafardan oshiq yoshlar ishtirok etdi.

4-sektor hududida aholining 89 ming nafarini yoshlar tashkil etadi. Joriy yilda 4 ming 310 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida reja-grafik tuzilgan.

Ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyatida duch kelayotgan muammo va masalalar bo‘yicha 4-sektor rahbari va Markaziy bank viloyat boshqarmasi vakillariga murojaat qildi. Barcha murojaatlar bo‘yicha aniq ro‘yxat shakllantirilib hal etish bo‘yicha mas’ul xodimlar biriktirildi.

Jumladan, G‘allaorol tumanida yashovchi Yodgora Abdusamatova oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun kredit olishda yordam so‘radi.

Uchrashuvda Yodgora singari tadbirkorlik ostonasida turgan, biroq kredit olishda muammolarga duch kelayotgan 15 nafar yoshlar uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlangan edi. Ularga banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalanish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. Yodgora ham tikuv mashinalari xarid qilish maqsadida 10 million so‘mlik kredit sertifikatiga ega bo‘ldi.

22 yoshli Oltinoy Tog‘aevaga «Kimyogar qop» MChJga ishga qabul qilingani haqidagi buyruq nusxasi topshirildi. Xuddi shunday quvonch uchrashuv davomida turli tashkilotlarga ishga qabul qilingan 6 nafar yoshlarning yuz-ko‘zida ham balqidi.

Tadbirda, shuningdek 4 nafar yoshlarga yuridik shaxs tashkil etilgani haqida guvohnoma topshirildi. Tadbirkorlikni boshlash arafasidagi yoshlarga namuna sifatida yuridik shaxs tashkil etib, soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan yosh tadbirkor viloyat DSB boshlig‘ining tashakkurnoma va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Uchrashuvdan so‘ng zavod bo‘ylab info-tur tashkil etildi. Yoshlar mahsulotlar ko‘rgazmasi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Yoshlarning shunday uchrashuvi 2-sektor rahbari, viloyat prokurori I.Ergashxodjaev bilan Zomin tumanida o‘tkazildi.

29.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar