
Buxoro viloyati Vobkent tumanida 1 ming 961 ta kambag‘al oila borligi aniqlangan.
Ularni kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun tuman hokimligi, jamoatchilik tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.
– Kim kambag‘al bo‘lishi mumkin – ish joyi va tomorqasi bo‘lmagan, bemor yoki nogironligi bor kishi shunday vaziyatga tushishi mumkin, – deydi Vobkent tumani hokimi o‘rinbosari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Halimov. – Ba’zida bunga ishyoqmaslik, dangasalik ham sabab bo‘lishi mumkin. Bunday oilalar yoki fuqarolarga davlat va saxovatpesha homiylar tomonidan bir-ikki marotaba yordam berish mumkin. Lekin «Qo‘ldan berganga qush to‘ymas» degan gap bor. Shu bois davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan imkoniyatdan to‘liq foydalangan holda kambag‘al, kam ta’minlangan oilaga pul emas, balki pul topish imkoniyati yaratib berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu o‘sha fuqaro uchun ham, davlat va jamiyat uchun ham foydali bo‘ladi. Tumanda ham aholini kambag‘allikdan chiqarish uchun ularni ish bilan ta’minlash, er ajratish choralari ko‘rilmoqda.
Tumandagi 638 nafar fuqaroga takroriy ekin ekish maqsadida 183 ta fermer xo‘jaligi eridan bug‘doy o‘rilib bo‘lgan erlaridan 248,8 gektar er maydoni ajratilishiga kelishib olindi.
Hozirgi kunda har bir fuqaroga tumandagi «O‘rinoy Mirzaeva», «Akmal Qahhor Xurshid», «Qoryog‘di zilol chashmasi» kabi fermer xo‘jaligi dalalaridan 50 sotixdan er ajratib berilmoqda.
Yil yakuniga qadar yana tumandagi kambag‘al oilalarga dehqonchilik qilish uchun er ajratilishi rejalashtirilgan.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |