Buxoro viloyati Jondor tumanida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, karantin davrida tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan 33 ta murojaatning 25 tasi qisqa muddatda, tezkorlik bilan koʻrib chiqilib, hal etilishi taʼminlandi. Ushbu murojaatlarning 8 tasi karantin sharoitida oziq-ovqat taʼminoti bilan bogʻliq muammolardan iborat boʻlib, murojaatlar “Karantin davrida xayriya ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi”ga taqdim qilindi hamda natijasi boʻyicha murojaat tushgan oilalarga tumandagi homiylik yordami koʻrsatish markazi tomonidan birinchi ehtiyoj mollari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Shuningdek, ishonch telefonlari va veb-sayt orqali karantin davrida fuqarolarni moddiy qoʻllab-quvvatlash, himoya vositalari bilan taʼminlash, moddiy yordam va ijtimoiy nafaqa bilan taʼminlash, maishiy gaz baloni bilan taʼminlash, ichimlik suvi, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash boʻyicha, kredit, uy-joy olish kabi masalalarda 24 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 18 tasini qisqa muddatda ijobiy hal qilindi.
Jondor tuman Xalq qabulxonasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Jondor tuman boʻlimi hamda sektorlar hamkorligida hududdagi ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar roʻyxati shakllantirilib, homiylar koʻmagida 400 kg guruch, 400 kg shakar, 5600 kg un, 300 litr oʻsimlik yogʻi, 198 kg goʻsht, 125 fleyka tuxum, 760 kg kartoshka, 530 kg piyoz, 320 kg makaron, 150 kg sabzi va 104 quti sut mahsulotlari tarqatildi.
Bundan tashqari, yoshlar bandligini taʼminlash borasida ham qator tadbirlar bajarilmoqda. Xususan, “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida tumandagi Xoʻjagulrez qishlogʻida 12 nafar hamda Xoʻjahayron qishlogʻida 10 nafar yoshlarga yer ajratib berildi. “Yoshlar kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan esa joriy yilda 3 ta loyihaga 260 million soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi yoʻnaltirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |