2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ishsizlar ish bilan taʼminlanadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari N.Yakubov karantin davrida ishsiz va band boʻlmagan, pandemiya sababli vaqtincha ish joyini yoʻqotgan aholi bandligini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

N.Yakubov, joriy yilning oʻtgan karantin davrida 1 ming 347 nafar ishsiz fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, ular asosan mahallalarni obodonlashtirish, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish, blok postlarda yordamchi posbon hamda viloyat bandlik bosh boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan pillachilik brigadalaridagi tut bargini qirqib kelish, pilla qurtiga yemak tayyorlash, ularni boqish va shu kabi ishlar bilan taʼminlanganlik darajasini atroflicha oʻrgandi.

 

Bandlik va mehnat -2.jpg

Shundan soʻng, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari tuman hokimining joriy yil 3-apreldagi qarori bilan tashkil etilgan “Sayhun agro kengashi” ishlab chiqarish kooperativiga tashrif buyurdi.

 

Ushbu kooperativga hokim qarori bilan hududdan 21 gektar yer maydoni ajratilgan. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 95 million 900 ming soʻm subsidiya ajratilib, hozirgi kunda u yerda 43 nafar kam taʼminlangan oilalarning ishga layoqatli aʼzolari kooperativga aʼzo sifatida qabul qilingan.

 

 

Ushbu “Sayhun agro kengashi” ishlab chiqarish kooperativining yer maydoniga tok (uzum)ning serhosil navlari ekilgan. Boʻlajak uzumzor oraligʻiga esa yozgi kartoshka urugʻi qadaldi.

 

Bandlik va mehnat -1.jpg

Bundan tashqari, N.Yakubov tumandagi Gulbuloq va Yangihayot mahalla fuqarolar yigʻinidagi kam taʼminlangan, ishsiz, ehtiyojmand fuqarolar uchun bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qurilgan yengil konstruksiyali issiqxonada olib borilayotgan ishlar va unda mehnat qilayotgan kam taʼminlangan oilalar bilan tanishdi.

 

Vazir oʻrinbosari kooperativ rahbari, aʼzolari va issiqxona egalariga tegishli taklif va koʻrsatmalar berdi.

 

13.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar