2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mansabdor va masʼul shaxslar javobgarlikka tortildi

Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda tuman, shahar davlat xizmatlari markazlariga joriy yilning oʻtgan davrida 167, 5 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

Ayni kunda Davlat xizmatlari markazlari davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, tugatishga oid umuman, turli mulkchilik shaklidagi xoʻjalik subyektlari, tadbirkorlar hamda fuqarolarga 140 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.

 

– Murojaatlar boʻyicha xizmatlar belgilangan muddatlar va qonunlar doirasida amalga oshirildi, – deydi Davlat xizmatlari markazi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Jamshid Rahmonov. – Jumladan, 158 ming 451 ta murojaat qanoatlantirilgan boʻlsa, 9 ming 133 tasi vakolatli organlar tomonidan rad etildi.

 

Viloyatda oʻtgan davr mobaynida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 2 ming 342 ta yuridik, 5 ming 281 ta yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subyekti davlat reyestriga kiritilgan. Bundan tashqari, xorijiy investitsiya ishtirokida 203 ta korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, shundan 138 tasi qoʻshma korxona, 65 tasi xorijiy korxonadir.

 

Hisobot davrida jami 5 ming 281 ta yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan. Shuningdek, 2020-yilning 1-aprel holatiga Xorijiy investitsiya ishtirokida jami 203 ta korxona davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, shundan 138 tasi qoʻshma korxona, 65 tasi xorijiy korxonani tashkil etgan.

 

Boshqarmaning davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boʻlimi tomonidan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan taʼsir choralarini qoʻllash boʻyicha tuman hokimliklari, Yer resurslari va davlat kadastri idorasi, qurilish tashkilotlari hamda “Oʻztransgaz” AK idorasiga, jami 6 ta taqdimnoma kiritilgan.

 

Taqdimnomalar ijrosi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning 12 nafar mansabdor va masʼul shaxslari intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar vakillariga nisbatan 54 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 54 nafar shaxs maʼmuriy jazoga tortilgan.

 

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sohaga oid qabul qilingan farmon, qarorlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlarning qulaylik va afzalliklari yuzasidan targʻibot ishlari samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, oʻtgan davr davomida keng jamoatchilik, aholi vakillari ishtirokida 60 dan ortiq seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazildi, elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali 400 ga yaqin chiqishlar qilindi. Shu bilan birga, Davlat xizmati koʻrsatishga, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin tartiblariga hamda kasallik yuqishi va tarqalishining oldini olishga oid koʻrgazmali vositalar – plakat, buklet va flayerlar ishlab chiqilib, tarqatildi.

10.05.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar