
Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Sariosiyo tumani markazidan 110 kilometr uzoqlikda joylashgan Kundaijuvoz qishlogʻi aholisi bilan uchrashdi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlumot berishicha, vohaning birinchi rahbari mazkur qishloqda joriy yilning yanvar oyida ham boʻlib, ularning turmush tarzi va yashash sharoiti bilan tanishgan edi. Aholining turli masalalardagi murojaatlarini tingladi.
– Viloyat hokimi qishda kelganida yashash sharoitimizni koʻrib, qishloqni elektr energiyasi bilan taʼminlab berishni vaʼda qilgan edi, – deydi 103 yoshdagi Bibiniyoz momo Sattorova. – Koʻp oʻtmay qishlogʻimizga zamonaviy quyosh batareyasi oʻrnatilib, xonadonlar tunda ham yorugʻ boʻlib qoldi. Bu uchun minnatdormiz. Ilohim, yurtimiz tinch, obod boʻlaversin.
Olis togʻli qishloqdagi 43 xoʻjalikda 200 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu safargi suhbat chogʻida ular uyali telefon aloqasi xizmatini yoʻlga qoʻyish, qoʻshimcha maishiy gaz ballonlari yetkazib berish, 46- umumiy oʻrta taʼlim maktabini mebel jihozlari hamda zamonaviy kompyuter jamlanmasi bilan taʼminlashga koʻmaklashishni soʻradi.
Viloyat hokimi fuqarolar murojaatini qisqa muddatda ijobiy hal etib, chekka togʻli hududda yashash va taʼlim olish uchun munosib sharoit yaratish, qishloq odamlarining bandligini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar yukladi.
Kam taʼminlangan va nogironligi bor oilalarga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari va dori-darmon vositalarini topshirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |