
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati muborak Ramazon oyida xalqimizni yanada jipslashtirib, sinovli kunlarda ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashda yuksak samaralar bermoqda.
Surxondaryo viloyatida ham savobtalab insonlar, saxovatpesha tadbirkor va fermerlar ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan hamda nogironligi bor oilalarga yordam qo‘lini cho‘zib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va boshqa birlamchi ehtiyoj mollari etkazib berayotir. Ularning yashash tarzini o‘zgartirish uchun chorva mollari va parranda bilan ta’minlamoqda. Jumladan, hozirgacha vohada turmush sharoiti og‘ir uch yuzdan ortiq oilaning har biriga bir boshdan sog‘in sigir tuhfa qilindi.
Qumqo‘rg‘on tumanida ham sektorlar kesimida kam ta’minlangan, turmush sharoiti og‘ir oilalar ro‘yxati shakllantirilib, sog‘in sigir tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Tuman hokimligi tashabbusi va homiylar ko‘magi bilan dastlab ijtimoiy ko‘makka muhtoj 27 oilaga sog‘in sigir etkazib berilgan bo‘lsa, bugun yana 104 ehtiyojmand xonadon qo‘rasiga bir boshdan qoramol keltirib berildi. Bunday saxovot ko‘makka muhtoj oilalarga qut-baraka va bir olam quvonch ulashayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
– Turmush o‘rtog‘im vafot etganiga besh yil bo‘lmoqda, – deydi Yangier mahallasida yashovchi X.Umarova. – Uch nafar voyaga etmagan farzandim bor. Hozirgi og‘ir sharoitda ularning ta’minoti meni jiddiy o‘ylantirayotgan edi. Kutilmaganda xonadonimizga bepul sog‘in sigir keltirib berishganidan suyunib, ko‘zlarimga quvonch yoshlari keldi. Chunki, qoramol uyga baraka keltiradi, deb ko‘p eshitganman. Lekin, qo‘lim kaltalik qilib, uni sotib olishning imkonini topolmayotgan edim. Ilohim, ulug‘ oyda bizning turmushimizni o‘ylab, xayr-saxovot ko‘rsatgan, yordam qo‘lini cho‘zganlar hech kam bo‘lmasin. Er yuzidan ko‘zga ko‘rinmas yov tezroq chekinsin. Yurtimizni turli ofatlardan Yaratganning o‘zi asrasin.
Muborak Ramazon oyida tumanda keng quloch yozayotgan bunday xayrli tadbir kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga yo‘naltirilgani bilan homiylarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Shunga asosan bunday oilalarga 50 tadan tovuq ham berish yo‘lga qo‘yilib, chin ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Hududlarda ezgulikka yo‘g‘rilgan saxovat tadbirlari davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |