2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident Xalq qabulxonalari doimo el xizmatida

El-yurtimiz zamonamizning eng murakkab sinovlaridan biri – koronavirus pandemiyasiga qarshi matonat va birdamlik bilan kurashayotgan shu kunlarda aholi muammolari, murojaatlar bilan ishlash masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada uyda o‘tirgan holda, bevosita muloqot qilmasdan, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliksiz telefon aloqasi, internet orqali murojaat qilish imkoni yaratilgan Prezident Virtual qabulxonasi hamda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar ijrosi qat’iy nazoratga olingan. Virtual qabulxona Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish markazida sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda haftaning hamma kuni tunu-kun uzluksiz ish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolarning murojaatlari qabul qilinmoqda.

Shu borada 2020-yilning 16-martidan 5 aprel kuniga qadar virtual qabulxonaga kelib tushgan 69 ming 514 ta murojaat o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ularning 44 ming 759 tasi ijobiy hal qilingan, 11 ming 427 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun mas’ullarga qaytarilgan, 13 ming 328 ta murojaatni o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha muddat belgilangan. Raqamlar tilida aytadigan bo‘lsak, har kuni o‘rtacha 2 ming 238 ta murojaat hal qilinmoqda.

Karantin sharoitida asosan masofaviy faoliyat rejimiga o‘tkazilgan Xalq qabulxonalariga joriy yilning 15 martidan 3 apreliga qadar 5 ming 848 murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shuning 2 ming 21 tasi yoki 74,7 foizi qanoatlantirilgan.

Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida ham murojaatchilar uchun karantin sharoitida muammo va takliflarini etkazish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Aholi muammolari bilan ishlash jarayonida “mahalla – sektor – Xalq qabulxonasi – mahalla” kontseptsiyasi o‘z samarasini bermoqda. Xalq qabulxonalari bilan mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida o‘rnatilgan doimiy onlayn muloqot hududlardagi mavjud real holatni muntazam monitoring qilib borish, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va hal qilish uchun mas’ullarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilishda bir qator afzalliklarni bermoqda.

Bundan tashqari, aholi uydan chiqmagan holda telefon orqali ham Xalq qabulxonalariga murojaat qilishi mumkin. Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish uchun qabulxonaga kelgan murojaatchilar bilan videokonferentsaloqa tizimi vositasida muloqot qilish, Xalq qabulxonalari oldida o‘rnatilgan maxsus qutilarga murojaatni qoldirish imkoniyatlari ham yaratildi. Qabulxonaga kelgan har bir murojaatchi tibbiyot xodimlari tomonidan zarur tekshiruvlardan o‘tkazib, zarur dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida sektorlar rahbarlari hamda boshqa idora va tashkilotlarni jalb etgan holda oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari savdosi mahallalar kesimida yo‘lga qo‘yildi. Ijodiy guruhimiz bilan poytaxtimizning Yunusobod tumanida bo‘lganimizda bu ishlar uzluksiz davom ettirilayotganiga guvoh bo‘ldik. Har kuni yuk mashinalariga aholi ehtiyoji uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari jamlanib, belgilangan grafik asosida tumandagi 63 ta mahallada ko‘chma bozorlar tashkil qilinmoqda.

Yunusobod tumani 2-sektor hududidagi “Uvaysiy” mahallasida 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Karantin davrida mahallaning o‘zida ko‘chma bozor tashkil qilinayotgani esa hozirgi murakkab vaziyatda aholi uchun nihoyatda katta qulaylikdir. Ular o‘z uylaridan uzoqqa chiqmay zarur mahsulotlarni maqbul narxlarda xarid qilmoqda.

Tumanning Markaz-6 mavzesi Minor mahallasida tashkil etilgan yarmarka ham aholining uzog‘ini yaqin og‘irini engil qilmoqda. Mahsulotlar savdosi karantin talablari asosida amalga oshirilmoqda. Bunday ko‘chma bozorlar, ayniqsa, yoshi ulug‘ insonlar uchun nihoyatda katta qulaylikdir.

Tumandagi 1-sektorga qarashli “Tiklanish”, 4-sektor hududidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahallalarida bo‘lganimizda ham aholi uchun tashkil qilingan ko‘chma bozorlarda zarur oziq-ovqat mahsulotlari aholiga maqbul narxlar asosida etkazib berilayotganiga guvoh bo‘ldik.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami – boquvchisini yo‘qotganlar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar, doimiy ish bilan band bo‘lmagan insonlardan tibbiy-ijtimoiy, moddiy yordam ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalarida kelib tushayotgan murojaatlarga birinchi navbatda e’tibor qaratilib, ularni qisqa fursatlarda mutasaddi davlat tashkilotlari ishtirokida hal etish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, Xalq qabulxonalariga muhtoj insonlar va oilalarga yordam ko‘rsatish istagini bildirib, murojaat qilayotgan ko‘plab savobtalab yurtdoshlarimiz va tadbirkorlarimizning homiylik yordamlari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari qoshida tashkil etilgan homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga yo‘naltirilmoqda. Ayni paytda homiylik xayriyalarini manzilli etkazib berishda shu mazmunda murojaat qilgan fuqarolar, uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan yordamga muhtoj oilalar ham albatta inobatga olinmoqda.

Karantin davrida aholining uyda bo‘lishi uy-joy va kommunal xizmat masalalaridagi murojaatlariga har qachongidan ham jiddiy e’tibor qaratishni talab etishi tabiiy albatta. Shu borada elektr energiyasi, gaz, suyultirilgan gaz, suv, issiqlik ta’minoti, aloqa xizmatlari yuzasidan yo‘llanayotgan murojaatlar zudlik bilan ko‘rib chiqilmoqda va aniqlangan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Aholi muammolari bilan ishlash jarayonida aholining yana bir toifasi – yoshlar murojaatlari ham alohida e’tiborda bo‘lib kelayotir. Bu borada davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzurida tashkil etilgan yoshlar murojaatlarini qabul qilish markazi Prezident virtual qabulxonasiga integratsiya qilingan bo‘lib, 12-50 qisqa raqami orqali bugungi kunga qadar kelib tushgan 600 ga yaqin murojaat yuzasidan ham mas’ul ijrochilar belgilanib, ularning ijrosi nazorat qilib borilmoqda. Murojaatlar tahlili yoshlarimizni asosan bandlik, o‘qishga kirish, o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash, er maydoni ajratish, kredit olish kabi masalalar o‘ylantirayotganini ko‘rsatmoqda. Ayni paytgacha 12-50 qisqa raqami orqali kelib tushgan murojaatlarning yarmidan ko‘pi – 300 dan ziyodi bo‘yicha ko‘tarilgan muammolar amalda hal qilindi.

Bunday misollar ko‘p. Muhimi, davlatimiz rahbari asos solgan Xalq qabulxonalari instituti soat millaridek aniq ishlamoqda. Garchi bugungi sinovli kunlarda yuzma-yuz muloqotlar vaqtincha cheklangan bo‘lsa-da, xalq bilan virtual muloqot olib borilmoqda, har bir hududdagi real vaziyat, aholi muammolari uzluksiz o‘rganilmoqda. Aniqlangan muammolarni zudlik bilan hal qilish choralari ko‘rilmoqda. Asosiy maqsad – har qanday sharoit va vaziyatda ham xalqimizni o‘z hayotidan rozi qilishdan, bugungi kunning eng muhim vazifasi esa mavjud epedimiologik vaziyatdan, el-yurtimiz boshiga kelgan og‘ir va murakkab imtihondan yorug‘ yuz bilan o‘tishdan iboratdir.

13.04.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar