Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusga 1 yil toʻldi

Xalq taʼlimi vazirligidan maʼlum qilishlaricha, oʻtgan bir yilda yurtimiz umumtaʼlim maktablarida bir qator oʻzgarishlar roʻy berdi.

Yurtimizda 9942 umumtaʼlim maktabida olti milliondan ortiq oʻquvchi taʼlim olmoqda. Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbus yurtimizning barcha taʼlim muassasalariga kirib bordi. Ayni vaqtda 2,9 million nafar oʻquvchi toʻgaraklarga jalb qilingan.

 

Bunda yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga qaratilgan birinchi tashabbus doirasida 779 563 nafar oʻquvchi toʻgaraklarda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, maktablarda 2108 ta havaskor yoshlar teatr studiyalari tashkil etilib, 198 698 nafar oʻquvchi jalb etildi.

 

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan tashabbus doirasida umumtaʼlim maktablarining 1,1 milliondan ortiq oʻquvchilari sport toʻgaraklariga qatnashmoqda. Ular turli sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda. Misol uchun, AQSHning “One-on-one basketball” kompaniyasining “Harlem globetrotters” jamoasining T.E.A.M.up dasturi asosida mahorat saboqlari tashkil etilmoqda.

 

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan boʻlib, shu kunga qadar 444 mingdan ortiq oʻquvchilar toʻgaraklarga jalb qilindi.

 

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Intech Robotics” va “Innovative Service” kompaniyalari bilan “Barkamol avlod” koʻmagida RoboCraftrobototexnika, Robotrek injener-konstruktor, robototexnika toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 520 nafar oʻquvchi-yoshlar jalb etildi.

 

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan toʻrtinchi tashabbus doirasida tashkil etilgan kitobxonlik klubiga 264 ming oʻquvchi aʼzo boʻldi. Qolaversa, “Book challenge” doirasida 600 mingdan ortiq kitoblar umumtaʼlim maktablariga sovgʻa qilindi.

 

Muxtasar qilib aytganda, Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusni taʼlim muassasalari va oʻquvchi-yoshlar orasida keng targʻib qilishda mahalliy hokimliklar ham 45,1 milliard soʻm homiylik mablagʻlari ajratdi.

19.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar