
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati“ shiori ostida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi“ tashkil etildi.
Unda Toshkent shahar harbiy prokuraturasi vakillari, kursantlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdi.
Tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, unda akademiya faoliyati, mashg‘ulot xonalarida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik ta’lim tizimi, modellashtirish va simulyatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kursantlarning yashash sharoitlari haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda kursantlardan tashkil topgan faxriy qorovul vzvodining qurol hamda qo‘l jangi namoyishi, orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, ko‘rgazmali chiqishlar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Qurolli Kuchlar akademiyasi tarixi muzeyiga sayohat qildi. Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirda Qurolli Kuchlar akademiyasi) 1918-yil 12-iyulda tashkil topgan. 1941-1945 yillarda fashizmga qarshi olib borilgan urush davrida bilim yurtida 25 ta bitiruv o‘tkazilib, 8 mingdan ortiq ofitserlar tayyorlangan.
Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi tegishli qaroriga muvofiq, Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti negizida yangi Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etilgan.
Uchrashuvda ishtirokchi yoshlarga bugungi kundagi islohotlar, o‘zgarishlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |