Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Eng yaxshi sovgʻa - gul

Fargʻona viloyati IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarga bayram sovgʻalari va gullar ulashildi.

Erta tongdan boshlangan bu oʻziga xos tadbirning maqsadi goʻzal va latofatli opa-singillarimizning koʻngliga bahoriy iliqlik, bayramona shukuh olib kirishga qaratildi.

 

- Soʻlim bahor faslining goʻzal bayramlaridan biri boʻlmish 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan siz, aziz ayol-qizlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Yoʻlingiz bexatar boʻlsin. Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga salomat boʻling, – deya yoʻl harakati inspektorlari ayol haydovchilarga gullar tuhfa etishdi.

 

Har bir xonadonda baxt, tinchlik-totuvlik, xotirjamlik hukmron boʻlishida, aziz ayollarning oʻrni katta. Ular oʻz xonadonining farishtasi va bekasi, sevimli va vafodor yor, mehribon ona.

 

Tadbir doirasida nafaqat ayol haydovchilar, balki oʻz yumushlari bilan koʻchaga otlangan, yurtimiz obodligiga hissa qoʻshayotgan xotin-qizlar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

 

Bir soʻz bilan aytganda, yoʻlda uchragan har bir bayram qahramoniga gullar tutildi.

08.03.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar