2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 75 nafar yosh ishga joylashdi

Jizzax viloyat prokurori Islom Ergashxoʻjayev Jizzax harbiy prokurori Otabek Haydarov tomonidan oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuv va ommaviy qabul doirasida mehnat yarmarkasi, koʻrgazma, sport musobaqalari, tibbiy koʻrik va boshqa tadbirlar ham tashkil etildi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin ishtirokchilar “Mahalla” markazida tashkil etilgan yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi va “Ibratli chevar qizlar” tikuv sexi faoliyati bilan tanishdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 170 nafar ishsiz yosh ishtirok etdi. Yarmarka davomida ulardan 75 nafari tumandagi korxona va tashkilotlarga ishga joylashdi.

Tadbir davomida sportning kurash, shaxmat, stol tennisi turlari boʻyicha hamda kitobxonlik boʻyicha maktablararo katta musobaqa boʻlib oʻtdi. Musobaqaga jami boʻlib 21 ta maktabdan 300 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etdi.

 

photo5386725348621790555.jpg


Tumanda prokuraturasi tashabbusi bilan ”Yoshlar bogʻi” barpo etish uchun 10 gektar yer maydoni ajratilgan. Uchrashuvda “Yoshlar bogʻi”ga 2 ming 200 tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Shundan soʻng tuman moliya boʻlimi binosida viloyat prokurorining tuman yoshlari bilan uchrashuvi boʻldi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda 200 nafar yoshlar ishtirok etib, shundan 30 nafari oʻzlarining muammo va takliflari bilan murojaat etdi. Shundan 16 tasi qanoatlantirildi.

Jumladan, murojaat qilganlardan 15 nafariga “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha sertifikatlar berildi. Qolgan murojaatlarning ijrosi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, fan olimpiadalari va turli xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan 48 nafar yoshlarga tashakkurnoma, badiiy kitoblar va boshqa sport anjomlaridan iborat esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

photo5386725348621790556.jpg


Uchrashuvdan soʻng, yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati bilan tanishtirish maqsadida tumandagi “Sangzortekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga sayohat tashkil etildi.

Shu kunning oʻzida viloyat prokurori ommaviy qabul ham oʻtkazdi. Unda fuqarolar tomonidan qabul qilingan 34 ta murojaatning 15 tasi joyida qanoatlantirildi. Jumladan, ehtiyojmand fuqarolardan 5 nafariga qoʻltiqtayoq va hassalar, 2 nafariga davolanishi uchun order berildi. 5 nafar kishining uy-joylari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga va 3 kishiga moddiy yordam tayinlanishiga koʻmaklashildi. Qolgan murojaatlar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi nazoratga olindi.

Tadbir davomida 3 nafar qarzdor ota voyaga yetmagan farzandlarining taʼminoti uchun 3 million 888 ming soʻm aliment pullari undirib berildi.

Bundan tashqari, tibbiyot kolleji binosida Jizzax viloyat mobil poliklinikasi va “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi hamkorligida tibbiy koʻrik tashkil etildi. Tibbiy koʻrik oʻtkazilgan 130 nafar bemorga 18 turdagi 716 oʻramdan iborat dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.

28.02.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati

Foydali resurslar